Studiya: salom
Download 34.44 Kb.
|
ShAPKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- INTEROVYu: DAN xodimi
STUDIYA:
4.Boshlovchi: - Haftaning muhokomalarga to‘la dolzarb mavzusi - qalin qor va qahraton sovuq kunning avzoiga qarab tobora avj olib bormoqda. Qalin tushgan nam qorning og‘irligini ko‘taraolmay bukilib qolgan, sinib ketgan shoxlar va qulab tushgan daraxtlarning tasviri tushirilgan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda hamon aylanib turibdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, uzoq kutilgan bu oppoq qor kimngadir olam-olam quvonch olib kelgan bo‘lsa, kimgadir talofat keltirdi? Muxbirimiz Muxlisa Zoidjonova aynan shu mavzu – manfaatlar muvozanati bilan qiziqib ko‘rdi. Muxlisa Zoidjonova (Toshkent) STUDIYA: 5.Boshlovchi: - Shu kunlarda medamizga “koronavirus” so‘zidan ham ko‘proq o‘tirib qolgan “anomal sovuq” mavzusini davom ettiramiz. Namsovuq tufayli nafaqat jonli flora va fauna, hatto tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kelib chiqmoqda. Kuchli muzlash natijasida pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda. Agar shunday holat siz bilan sodir nima qilgan bo‘lardingiz? Muxbirimiz Sayyodbek Qurbonov mutaxassislar fikrini o‘rgandi. Sayyodbek Qurbonov (Toshkent) STUDIYA + RAMKA: 6.Boshlovchi: - Yurtimizda bunday qahraton sovuqni kimdir 40 yil oldin kelgan desa, yana kimdir 14 yil avval ham bo‘lgan edi, deydi. Nima bo‘lganda ham, bunday paytlarda ko‘rpani o‘ziga tortishdan tiyilib, imkon qadar bir – birimizni qullab – quvvatlaganimiz ma’qul. Senoptiklarning ma’lum qilishicha, ayni shu kunlarda sovuq havo harorati eng past darajaga tushadi, mamlakatimizning tog‘li hududlarida qor yog‘ini hamon davom etmoqda. Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Post patrul xizmati xodimlari hamda joylardagi profilaktika inspektorlari manfaatli tashkilotlar bilan hamkorlikda qirovli kunlarni talofatsiz o‘tkazish choralarini ko‘rishmoqda.INTEROVYu: DAN xodimiIIBB lavhasiSTUDIYA: 7.Boshlovchi: - Ushbu sinovli kunlarda xalqimizning mehr-oqibat namunasi – hasharlar uning birligini, og‘ir kunlarda yelkama-yelka turib bir-birini qo‘llab-quvvatlashida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday paytda Kommunal xo‘jaligi, Obodonlashtirish bo‘limi va Yul xo‘jaligi ishchilarining mehnatlarini alohida qayd etib o‘tmoq lozim. Hududgaz ta’minot idoralari va elektr tarmoqlari korxonalari xodimlarining tunu kun navbatchilikda turib xizmat qilayotganligi tahsinga loyiq.Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 12 – 16 yanvar kunlari poytaxtning 50 ta to‘yxona va restoranlarida ana shunday ishchi va xizmatchilar uchun 50 kilogrammdan 100 kilogrammgacha qozonlarda osh damlanib tarqatiladi. Shu kunlari kam ta’minlangan oila vakillari hamda boshqa ehtiyojmand insonlar ham hashar oshi dasturxonida ishtirok etishlari mumkin. Bizning ijodiy jamoamiz ham ana shunday saxovatli insonlarning bir tadbirida ishtirok etdi.Download 34.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling