Subyektlar faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta`minlash va moliyaviy hisobotlardan foydalanish reja


Download 39.46 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi39.46 Kb.
#234913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза №2

Tezkor moliyaviy strategiyaning bosh moliyaviy strategiyadan farqi shundaki, u barcha yalpi daromadni va mablag`lar tushumlarini (ish haqi, sotilgan mahsulotlar uchun sotib oluvchilar bilan hisob kitoblar, kredit operatsiyalar bo`yicha tushumlar) va barcha yalpi chiqimlarni(yetkazib beruvchilarga to`lovlar, ish haqi, barcha darajadagi byudjetlar va banklardagi qarzlarni qoplash) qamrab oladi. Bunday tushumlarning va xarajatlarning tarkibini sinchiklab o`rganish rejalashtirilayotgan davrga pul tushumlari va xarajatlari bo`yicha oborotlarni oldindan aniqlashga imkon beradi. Daromadlar bilan xarajatlarning tengligi yoki daromadlarning xarajatlarga nisbatan oshishi normal holat xisoblanadi.

Korxonaning moliyaviy strategiyasi bosh strategik maqsadga erishish uchun har xil quyidagi usullarni va harakatlarni o`ziga qamrab oladi:

  • moliyaviy resruslarni shakllantirish va ularni markazlashgan holda strategik boshqarish;

  • yechimi topiladigan asosiy yo`nalishlarni aniqlash va ularni bajarish uchun korxonaning moliyaviy boshqaruvi tomonidan zaxiralarni foydalanish va yo`naltirish;

  • maqsadlarni bosqichlarga ajratish va har bir bosqich bo`yicha maqsadlarga erishi;

  • moliyaviy harakatlarning korxonaning moddiy imkoniyatlari va iqtisodiy sharoitiga mos kelishi;

  • har bir vaqt mobaynida korxonaning real moliyaviy ahvolini va moliyaviy-iqtisodiy sharoitini obyektiv hisobga olish;

  • strategik zahiralarni tayyorlash va shakllantirish;

  • o`zining va raqobatchilarning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olish;

  • raqobatchilar tomonidan bo`ladigan bosh tahdidlarni aniqlash va ularni yo`q qilish uchun asosiy kuchlarni jalb qilish va moliyaviy operatsiyalarning yo`nalishlarini o`ylab tanlash;

  • raqobatchilar ustidan g`alabaga erishish uchun harakat qilish.


Download 39.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling