Subyektlar faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta`minlash va moliyaviy hisobotlardan foydalanish reja


Faktori operatsiyalarining afzalligi


Download 39.46 Kb.
bet8/8
Sana08.01.2022
Hajmi39.46 Kb.
#234913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза №2

Faktori operatsiyalarining afzalligi:

Mol yetkazib beruvchilar uchun:

    • Faktoring xizmatlari ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi bo`lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun ko`proq samaradorlikka ega;

    • Mol yetkazib beruvchi tovar etkazib berish, xizmat ko`rsatish, ish bajarishdan so`ng 3 kun ichida talab qilingan mablag`ning asosiy qismini (80% i) qabul qiladi.

    • Mol yetkazib beruvchi to`lov muddatini aniq biladi, shunga qarab u o`zining to`lovlarini rejalashtirishi mumkin.

Xaridorlar uchun:

    • Xaridor 90 kungacha tavarni kreditga olish imkoniyatiga ega bo`ladi, bunda xaridor oldindan to`lab borishi ham mumkin.

Faktoring xizmatlari qiymati

Faktoring xizmatlari qiymati mol yetkazib beruvchiga taqdim etilishi lozim summa qiymati hamda bankning joriy stavkalar bo`yicha faktoring komission qiymatidan kelib chiqadi. Faktoring xizmatlar qiymatini hisoblash uchun baza bo`lib talab qilingan summadan foiz va xaridorning kechiktirgan kunlar miqdori hisoblanadi.



Lizing jihozi to`liq qoplanadigan lizing, qoidaga ko`ra, moliyaviy ataladi. Moliyaviy lizing, ya`ni mulk qiymati to`liq to`lanadigan lizing mulki, shu bilan tavsiflanadiki, lizing oluvchiga foydalanish uchun mulk beriladigan muddat davomiyligiga ko`ra lizing beruvchi mulki qiymatining butun yoki ko`p qismi ekspluatatsiyasi va ammortizatsiyasi muddatiga yaqinlashadi. Moliyaviy lizing shartnomasi muddati mobaynida lizing beruvchi lizing to`lovlari orqali mulkning butun qiymatini o`ziga qaytaradi va bitimdan tegishli foyda oladi. Moliyaviy lizing lizingning jahon miqyosida eng ko`p tarqalgan turidir va uning ko`plab xillari bor. Bular o`z mustaqil funktsiya va nomiga ega.

To`liq qoplanmaydigan lizing, odatda, tezkor hisoblanadi, chunki, lizing beruvchining lizing mulkini olishi va saqlashi bilan bog`liq sarflari, qoidaga ko`ra lizing muddat mobaynida to`la qoplanmaydi. Tezkor lizingning moliyaviy lizingdan shu bilan farqlanadiki, bunda sotib olish huquqi bo`lmaydi va lizing to`lovlari lizing beruvchining barcha sarflarini qoplamaydi.



Lizing to`lovlari lizing oluvchi balansida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga o`tkazish qo`yidagi tatibda amalga oshiriladi. Lizing to`lovlarining umumiy summasi qo`yidagilardan iborat:

  • qaytariladigan lizing obyektining to`liq summasidan;

  • lizing shartnomasiga binoan sotib olingan mulk uchun olingan kredit resurslar bo`yicha to`lanma;

  • lizing beruvchiga to`lanadigan komission to`lanma;

  • agar lizing beruvchi lizing obyektini sug`urta qilgan bo`lsa, sug`urta to`lovlari ;

  • lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing beruvchining boshqa xarajatlari.

Nazorat savollari

  1. Moliyaviy menejment qanday axborotlar bilan ta`minlanadi?

  2. Strategik moliyaviy menejment nimani ko`zlaydi?

  3. Korxona moliyaviy resurslari qanday yo`naltiriladi?

  4. Qisqa muddatli moliyalashning asosiy manbaalari nimalardan iborat?

  5. Faktoring operatsiyalarining afzalligi nima?

Download 39.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling