Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet57/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

731-modda. Imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari ko‘magida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to‘sqinlik qilmaydi.
(731-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
732-modda. Yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(732-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to‘sqinlik qilmaydi.
(732-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan tegishli huquqi ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling