Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. IJRO IShI YURITIShDAGI XARAJATLAR


Download 147.61 Kb.
bet59/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

9-BOB. IJRO IShI YURITIShDAGI XARAJATLAR
75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘ida bo‘lib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablag‘lar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablag‘lari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
(75-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablag‘lar;
ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq to‘lashga sarflangan mablag‘lar;
undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o‘tkazishga (jo‘natishga) sarflangan mablag‘lar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo‘yicha olib qo‘yilgan bolani qidirishga sarflangan mablag‘lar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablag‘lar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan ta’minlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo‘nak badalini o‘tkazishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha tegishli xarajatlarni to‘liq bo‘nak bilan ta’minlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari tamomlanganda bo‘nak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga to‘liq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling