Суд тиббий экспертиза турлари


Қон заҳарларидан заҳарланишга хос клиник - морфологик белгилар


Download 378.14 Kb.
bet28/33
Sana09.02.2023
Hajmi378.14 Kb.
#1179788
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
SUDMED

Қон заҳарларидан заҳарланишга хос клиник - морфологик белгилар

Bertole tuzidan zaharlanish
Bertole tuzi – kaliy xlorat(KClO). Rangsiz kristall yoki rangsiz, yomon hidli, oq donasimon kukun,356OS da eriydi. O‘limga olib keluvchi miqdori 15 g. Bertole tuzi bilan zaharlanish o‘tkir va surunkali bo‘ladi.
Ta’sir mexanizmi: bertole tuzi kaliy xlorid va atomar kislorodga parchalanadi, hosil bo‘lgan atomar kislorod fermentlar ta’sirini buzib, eritrotsitlar gemoliziga olib keladi.
Klinik belgilari: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, epigastral sohada kuchli og‘riq, ich ketish. Teri qoplamlari ko‘kimtir – sarg‘ish rangli, shishli bo‘ladi.
Morfologik belgilari: murda dog‘ining qizg‘ish-binafsha rangdaligi, shilliq qavatlarda, epikardda ko‘p sonli qon quyilishlar, hamma ichki a’zolar shishi va to‘laqonligi, qon qizg‘ish-malla rangda, jigar hajmi kattalashgan, sarg‘ish rangda, buyrak po‘stlog‘i oqimtir kattalashgan, siydik pufagida quyuqlashgan qizg‘ish rangli siydik kuzatiladi.



  1. Деструктив заҳарлардан заҳарланишга хос клиник - морфологик белгилар

Simob birikmalaridan zaharlanish. Simob («yogli», metallik simob)--Rangsiz, suyuq metall, ogiz orqali ichirilganda metallik ta’m seziladi. 356, 9OS da qaynaydi. O‘limga olib keluvchi miqdori simob xlori - 2 – 3 g, simob sianid – 0, 2-1 g. Simob birikmalariga – kalomel (HgCl) – tibbiyotsohasida ich bo‘shashtiruvchi preparat sifatida, sulema (HgCl2) –dezinfeksion modda sifatidaqo‘llaniladi. Bundan tashqari radiotexnikada, stomatologiyada keng ishlatiladi.
Klinik belgilari:Kam quvvatlik, tez charchash, hushdan ketish, oyoq – qo‘llarining falajlanishi, reflekslarning qo‘zg‘alishi, mushaklar tortishishi, sezish qobiliyatining yo‘qolishi, diensefal sindrom (termoregulyasion buzilish, keskin ozish, chanqash, polidepsiya, poliuriya), gingivit, stomatit, uyqusizlik, gallyusinatsiya.
Morfologik belgilari:Adventitsial to‘qimalarning ko‘payishi, nerv tizimida distrofik o‘zgarishlar, yurak, buyraklar, jigarning yallig‘lanishi, jigar to‘qimalarining vakuolali distrofiyasi, miyada simmetrik oqimtir yumshashi,yo‘g‘on ichak shilliq qavatining nekrozi bilan uning alohidasohalarining ko‘chishi va yarali yuzalarning hosilqilishi, shilliq osti qavatining geperimeyasi, shishi, fibrin ipchalar bilan qoplanganligi (Fibrinoz yarali kolit manzarasi),buyrak koptokchalari to‘laqonliligi,qon tomirlari nekrozlashgan, kapsula bo‘shlig‘ida ekssudat, buyrak kanalchalari epiteliysi nekroz holati kuzatiladi(nekrotik nefroz).




  1. Download 378.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling