46
Milliy sug’urta bozorida sug’urta mukofotlarini to’plash bo’yicha so’ngi
uch yilda o’sishni ko’rishimiz mumkin. 2012 yilda sug’urta bozorida 256,3
mlrd.so’m sug’urta mukofot yig’ilgan. 2013 yilga kelib bu ko’rsatkich 338,5
mlrd.so’mga yetgan. 2014 yilda O'zbekiston sug'urtachilari tomonidan 436,1
mlrd so'm sug'urta mukofotlari yig'ilgan. Ta'kidlanishicha, majburiy sug'urta
turlari bo'yicha sug'urta mukofotlari sezilarli darajada ko'paygan.
2014 yilda respublika sug’urta bozorida o’sish 2013 yilga nisbatan 97,6
mlrd.so’m mukofot ko’p yig’ilgan.
Ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha mukofotlar esa 27,7 foizga ko'payib,
300,9 mlrd. sumni tashkil qildi. Natijada majburiy sug'urtaning sug'urta
mukofotlaridagi ulushi 0,6 foiz punktiga ko'payib, 31,0 foizga yetdi.
Ixtiyoriy sug'urtaning sug'urta mukofotlaridagi ulushi esa 69,0%
dan oshib
ketdi.
6-rasm. 2012-2014 yillarda O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta
tolovlariningining o’zgarish dinamikasi (TOP 25) mlrd.so’m
1
1
SAIPRO axborot-reyting agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
47
Sug'urta mukofotlaridan ham ko'proq o'sish sur'ati sug'urta majburiyatlari
hajmida kuzatildi. 2014 yil yakunlariga ko'ra, sug'urta kompaniyalari tomonidan
qabul qilingan sug'urta majburiyatlari 52,9 foizga ko'payib, 247 trln so'mga
yetgan. Shu jumladan, ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta majburiyatlari
196,1 trln.
sumni tashkil etib, o'tgan yildagi ko'rsatkichdan 55,8% ga oshgan.
Majburiy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta majburiyatlari esa 42,7% ga ko'payib,
50,9 trln. sumga yetdi.
Sug'urta mukofotlari va majburiyatlari hajmlaridan farqli ravishda, sug'urtachilar
tomonidan 2014 yilda amalga oshirilgan sug'urta qoplamalari atigi 8,1% ga
oshib, 72,3 mlrd. sumni tashkil qildi.
To'lovlar tarkibida majburiy sug'urta
hajmining ortganligi,
bir vaqtning
o'zida ixtiyoriy sug'urta bo'yicha to'lovlar kamayganligi kuzatildi.
Shunday qilib, ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida majburiy sug'urtalash
bo'yicha sug'urta qoplamalari 44,5%
ga ortib,27,6 mlrd. sumni,
Ixtiyoriy
to'lovlar bo'yicha to'lovlar hajmi esa sezilarsiz o'zgarib (6,4% pasayish) 44,8
mlrd.sumni tashkil qildi. Ta'kidlash lozimki, sug'urta
qoplamalarining umumiy
hajmi
biroz ortganligiga qaramay, bozor bo'yicha sug'urta ziyon ko'rilishi
darajasi (Sug'urta to'lovlarining sug'urta mukofotlari bilan nisbati) 2013
yilgi
19,8% dan 2014 yil yakunidagi 16,6% gacha kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: