Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va xuquqiy asoslari
Sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha
Download 1.14 Mb.
|
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sugurta tolovlari hajmi boyicha. 2
- Kompaniya
- III.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha.
1 Sug'urta to'lovlari bo'yicha dastlabki uchlik tarkibi sug'urta mukofotlari yetakchilaridan biroz farq qiladi. «O'zagrosug’urta» DASK sug'urta to'lovlarining umumiy hajmida 24,7 foizga teng eng katta ulush bilan bozorda birinchi o'rinda turibdi. Keyingi pog'onalardan 18,0 foiz va 15,5 foiz ko'rsatkichlar bilan muvofiq tarzda “O'zbekinvest” EIMSK va “O'zbekinvest Hayot” SK joy olgan. 4-jadval Sug'urta to'lovlari hajmi bo'yicha. 2 №
Bozordagi ulushi 1 UzReport malumoti asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 2
№
Bozordagi ulushi 1 O'zagrosug’urta 25,8%
O'zbekinvest 14,7%
Kafolat 12,8%
50
O'zagrosug’urta 24,7% 2
18,0% 3 O'zbekinvest Hayot 15,5%
III.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH 3.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish masalalari O‘zbekistonning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tishiga qadar sug‘urta qilinishi mumkin bo‘lgan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi davlat mulki, kasb mas’uliyati, kredit, tadbirkorlik riski sug‘urta himoyasidan chetda qolgan edi. Bundan tashqari, sug‘urta sohasida yakkahokim bo‘lgan davlat sug‘urta tashkilotlari bo‘sh sug‘urta zahiralarini investitsiya qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish huquqlari chegaralangan edi. Ularning mablag‘laridan asosan byudjet kamomadini to‘ldirish uchun foydalanilardi. Bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan bu muammolar bartaraf etila boshlandi. Sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishi maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida rasman mustahkamlab qo‘yilgan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlarining faoliyati salmoqli tarzda rivojlangan. To‘plangan zahiralar ularga yirik investorlarga aylanish imkonini beradi. G‘arbdagi sug‘urta kompaniyalari o‘z sug‘urta sarmoyalarini jamlab, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy qilish, yirik inshootlar qurish sohasidagi eng ko‘p sarmoya talab qiladigan dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar. 51
oshirmoqdalar. Ularning sug‘urtalanganlardan oladigan kichik miqdordagi tarqoq sug‘urta mukofotlari, pirovardida, muttasil ortib boradigan katta sug‘urta fondiga aylanadi. Hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ana shunday mablag‘larga ega bo‘lib, vaqtincha bo‘sh resurslarni investitsiya qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish rivojlantirishini rag‘batlantiradilar, davlat zayomlari va obligatsiyalarini xarid qilish orqali esa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hukumat xarajatlarini kreditlashda qatnashadilar. Bu esa o‘z navbatida ish bilan bandlik darajasini oshirishga, ichki iste’mol hajmining va umuman yalpi ichki mahsulot hajmining ko‘payishiga ijobiy ta’sir qiladi. SHunindek sug‘urta mukofotlari tushgan payt bilan sug‘urta qoplamasini to‘lash o‘rtasida ancha uzoq vaqt o‘tishi mumkin. Buning natijasida vaqtincha bo‘sh resurslar vujudga keladi va ular sug‘urta kapitaliga aylanadi. Zahira hajmi va mablag‘lar joylashtiriladigan muddatlar tufayli sug‘urta tashkilotlari g‘oyat qudratli moliya-kredit muassasalariga aylanadi. SHu sababli, sanoati rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta bozori iqtisodiyotga barqaror ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida tan olingan. SHuning uchun sug‘urta tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini investitsiya qilish yo‘li bilan iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish sohasidagi chet el tajribasi e’tiborga sazovordir. Bu ta’sir mexanizmini quyidagi 8-rasmdan ko‘rish mumkin: Mazkur chizmadan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari manfaatdor firmalar, korxonalar va aholini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlashdan iborat asosiy vazifalaridan tashqari yalpi mahsulot hajmini ko‘paytirishda, ish bilan bandlik darajasini oshirishda, 52
Акциядорлар тақдим этган
капитал
исътемол- чилар расмийлаш- тирган ҳаётни суғурта қилиш бўйича Суғурта ташкилотлари Молия бозори Хусусий сектордаги кон-шахта, қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини қайта ишловчи корхоналар харажатларини маблағ билан таъминлаш Инфратузилманинг ривожланиши бўйича ҳукумат харажатларини маблағ билан таъминлаш Ялпи ички маҳсулот ҳажмини ошириш Экспорт ҳажмининг ортиши ва импортга талабнинг камайиши, бу ҳол тўлов балансини яхшилайди ва миллий валютани мустаҳкамлайди Ички исътемол ҳажмининг ортиши Иш билан бандлик даража сининг ошиши 53
mazkur ko‘rsatkichlarga ta’siri bir qancha jihatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, yuksak darajada rivojlangan bozori bo‘lgan mamlakatlardagi sug‘urta tashkilotlari ko‘pincha aksiyadorlik asosida tashkil qilinadi. CHizmada sug‘urta tashkilotlari bilan sarmoya bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqa aks ettirilgan (1). Odatda, biror kompaniya tashkil topayotgan paytda aksiyalar chiqaradi va ularni asosan fond birjalarida joylashtiradi. Buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasi shakllanadi. Bu sarmoya muayyan vaqtdan keyin sug‘urta sarmoyasiga aylansa, u aksiyadorlarga va sug‘urta tashkilotlariga tegishli daromad keltiradi. Ikkinchidan, sug‘urtalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, ma’lum miqdorda sug‘urta mukofoti oladi (2). SHartnomaga muvofiq, sug‘urta hodisalari ro‘y berganida sug‘urtalovchi zarar o‘rnini qoplaydi va bu bilan sug‘urtalanuvchining moliyaviy ahvoli tiklanadi. Yuqorida aytilganidek, sug‘urta mukofotlari tushgan va sug‘urta summasi to‘langan payt oralig‘ida, ayniqca hayot sug‘urtasiga ixtisoslashgan kompaniyalarda juda ko‘p pul mablag‘lari to‘planib qoladi. CHizmadan (3) ko‘rinib turibdiki, ular sarmoya bozori orqali, ya’ni xususiy sektordagi yirik shaxta - konlarga va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning aksiyalarini sotib olish (4) orqali investitsiya qilinadi, bu esa korxonalarga yangi uskunalar sotib olish hamda ularning tadbirkorlik va ishlab chiqarish faolligini rivojlantirishni ta’minlaydi. SHuni aytish kerakki, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda byudjet kamomadining o‘rni pul emissiyasi hisobidan emas, balki hukumat kafolatidagi qimmatli qog‘ozlar chiqarish hisobidan qoplanadi. Masalan, AQSHda hukumat davlat veksellari, qarz sertifikatlari, davlat majburiyatlari va obligatsiyalar chiqariladi. Sug‘urta tashkilotlarining investitsiyalari yalpi milliy mahsulot hajmini ko‘paytirishga xizmat qilishi g‘oyat muhimdir (5). Zotan, investitsiya 54
texnologiyalarni o‘zlashtirishga va ish joylarini ko‘paytirishga, xizmat qiladi. G‘arbda sug‘urta kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar berish uchun pul mablag‘larini safarbar qilishning eng muhim va ishonchli vositalaridan biridir. CHunonchi, AQSHda hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar aktivlarining 80 foizidan ortig‘i sanoatga va boshqa tarmoqlarga uzoq muddatli sarmoya quyishga sarflanadi. Ular bu mamlakatda iqtisodiyotga yo‘naltirilgan barcha uzoq muddatli investitsiyalarning 30 foizini tashkil qilib, xususiy savdo-sanoat korporatsiyalarining aksiyalari va obligatsiyalarining asosiy xaridorlaridir. Hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar yalpi daromadining deyarli uchdan bir qismini investitsiya faoliyatidan tushumlar - qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalardan olinadigan foizlar va dividendlar, garovlar va boshqa kreditlar bo‘yicha foizlar tashkil qiladi. CHet el tajribasi tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor munosabatlari sharoitida sug‘urta kompaniyalari mamlakat iqtisodiy ahvoliga ijobiy ta’sir qiluvchi eng yirik investorlardan biri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. SHuni ham aytish kerakki, fond birjalari, qimmatli qog‘ozlar bozori singari bozor infratuzilmalari yaxshi ishlab turgan holdagina investitsiya faoliyatidan yuqori samara olishi mumkin. Ma’lumki, O‘zbekistonda sarmoyalar va qimmatli qog‘ozlar bozori endi vujudga kelayotir. Respublika fond birjasi va bir necha o‘nlab investitsiya kompaniyalari faoliyat ko‘rsatyapti. Bu birja xususiylashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning aksiyalarini dastlabki joylashtirishni ta’minlaydi. Bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan bu muammolar bartaraf etila boshlandi. Sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishi maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida rasman mustahkamlab qo‘yilgan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlarining faoliyati salmoqli tarzda rivojlangan. To‘plangan zahiralar ularga yirik investorlarga 55
sarmoyalarini jamlab, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy qilish, yirik inshootlar qurish sohasidagi eng ko‘p sarmoya talab qiladigan dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar. Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. Masalan biz o’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi. Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan sug’urtalovchilar moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash yuzasidan juda katta chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasi shundan dalolat 56
kengayib ularni sifati va ishonchlilik darajasi ortib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi. Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi. Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solish va tartibga solish mexanizmini takomillashtirish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir bozorda tartib bo’lsa qolaversa sotuvchi va xaridor munosabatlar tartibga solingan bo’lsa, shundagina sug’urta ishini yuritish tartib qoidalari ancha takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Shuning uchun O’zbekiston sug’urta bozorida ham sotuv va xaridor o’rtasida munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish va ularning huquq va majburiyatlarni bajarish yuzasidan ishlarni to’liq nazoratini ta’minlab berish, bu sug’urta bozorida sug’urta xizmatiga bo’lgan ishonch va sifatni yanada oshirish imkoniyatini keltirib chiqaradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda hududlarda yuzaga keladigan sug’urta bozori ishtirokchilar faoliyatini ya’ni sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarni bir maromda tartibini saqlovchi sug’urta inspektsiyalarini har bir viloyatda tashkil etish bu 57
ishonchini yanada orttiradi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urta vositachilar ya’ni sug’urta agenti va brokerlik sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilash hamda ularning huquqiy asoslarini takomillashtirish borish, bu sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilar o’rtasidagi iliq munosabatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun sug’urtalovchilar ishga qabul qilishi lozim bo’lgan sug’urta agentini belgilangan tartibda olti oy sinov muddatida sug’urta ishiga yollashlari kerak. Chunki sug’urta agenti sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiluvchi, o’rta vositachilik vazifani bajaruvchi va tegishli vositachilik haqini oluvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Qolaversa sug’urtalanuvchiga noxush baxtsiz hodisa sug’urta shartnomasida keltirilgan holatlar bo’yicha yuzaga kelgan taqdirda unga sug’urta qoplamasini o’z vaqtida ta’minlab beruvchi ma’suliyatli shaxslardan biridir. Hozirda respublikamizda o’ttishdan ortiq sug’urta kompaniyasi faoliyat yuritadigan bo’lsa, ulardan 2 tasi hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan bo’lsa, qolgan 29 tasi umumiy sug’urta sohasi bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Bunday ko’rsatkich sug’urta bozorida ba’zi bir uzoq muddatli sug’urta xizmatlarini takomillashmaganligidan dalolat beradi. Shuning uchun sug’urta bozorida hayot sug’urtasi bo’yicha ixtisoslashgan sug’urta kompaniyalar faoliyatini yanada tashkillashtirish ulara faoliyatiga doir sug’urta maxsulotlarini sug’urta bozoriga tatbiq etish kerak. Bu o’z navbatida sug’urta bozorida sug’urta portfe’lini yuqori darajaga oshishiga, sug’urtalovchilarning moliyaviy barqarorlik darajasini mustahkamlaydi hamda ularda qo’shimcha investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati kengayishiga olib keladi. Rivojlangan davlat tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’urta bozorida yig’ilgan sug’urta mukofotlari hajmini aksariyat qismi uzoq muddatli sug’urta xizmatlari bo’yicha yig’ilgan sug’urta mukofotlarga to’g’ri keladi. Chunki ularda har bir jismoniy shaxs o’zining iqtisodiyotda qo’shayotgan hissasini sug’urtasiz tasavvur eta olmaydi. Shu bois O’zbekistonda ham sekin astalik bilan uzoq 58
faoliyatini bilan chambarchas bog’lash kerak bo’ladi. Yuqorida bildirilgan mulohazali fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joyizki, xusuan hududlarda sug’urta faoliyatini tartibga solishning amaliy asoslariga barham beriladi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilari o’rtasida munosabatlar hamda sug’urta vositalarining sug’urta munosabatlarida vazifalari va sug’urta bozori ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlari qolaversa sug’urtalovchilarni moliyaviy barqarorlik darajasi yanada mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda sug’urtaning uzoq muddatli xizmatlari kengayadi hamda sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirishdlari uchun bo’sh mablag’lari shakllanadi va sug’urta kompaniyalarining milliy, mingtaqaviy, xalqaro sug’urta bozorida nufuzi oshadi hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish yanada takomillashtirilgan bo’ladi. 59
Xulosa Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid nazariy va amaliy ilmiy izlanishlar bizga quyidagi xulosalarni shakllantirish uchun asos bo‘ldi: 1. Sug‘urta faoliyati rivojlanishini o‘rganish 1998 yil o‘rtalarigacha O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli bo‘lgan davlat organi tashkil etilmaganligini ko‘rsatdi. SHu bilan bir qatorda davlat kapitali ishtirokida yirik sug‘urta kompaniyalari tuzilganligi ham ma’lum bo‘ldi. 2. Ilmiy izlanishlarning ko‘rsatishicha, sug‘urta faoliyati turli tashkiliy- huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin. 2014 yil 1 may holatiga respublikamizda 31 ta sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati aksionerlik va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilganligi ta’kidlandi. Aksionerlik sug‘urta tashkilotlari ochiq va yopiq shaklda bo‘lishi mumkin. 3. Bitiruv malakaviy ishi natijalari 2010-2015 yillarda O‘zbekistonda sug‘urta bozori bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi yildan yilga o‘sib borganligini ko‘rsatdi. Bunga asosiy sabab keyingi 4-5 yil davomida davlat tomonidan sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganligidir. 4. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etganligi qayd etildi. 2002 yil O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda tarixiy yil bo‘lganligi haqida xulosa chiqarildi. Bunga asos sifatida ilk marta Vazirlar Mahkamasi qarori asosida sug‘urta faoliyati klassifikatori qabul qilinganligi va sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlanganligi keltirilgan. 5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro miqyosda sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, AQSHdagi yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri AIG kompaniyasining moliyaviy ahvoli og‘irlashgan va davlat uni saqlab qolish uchun 175,0 mlrd.dollar miqdorida mablag‘ ajratganligi qayd etildi. Dunyoning boshqa davlatlarida ham 60
ko‘rsatishlarini ta’minlash uchun katta ko‘mak berganligi to‘g‘risida xulosa chiqarildi. 6. Iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi turlicha bo‘lib, unga shu mamlakatning davlat tuzilishi va qaror topgan qonunchilik xujjatlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, Buyuk britaniyada sug‘urta faoliyatini Moliyaviy xizmatlar bozorini nazorat qilish agentligi tartibga solsa, AQSHda sug‘urta faoliyatini nazorat qilish federal darajada emas, balki har bir shtat doirasida amalga oshiriladi. YUqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflarni bildiramiz. 1. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini erkinlashtirishni taklif qilamiz. YA’ni, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini bevosita joylarga chiqib emas, balki masofadan turib tartibga solish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq. 2. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishni quyidagi yirik yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: · O‘zbekiston sug‘urtalovchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tarif siyosatini takomillashtirish, mamlakatda aktuariylarning faoliyati uchun huquqiy asos va shart-sharoitlar yaratish; · Sug‘urtalovchilar tomonidan iqtisodiyotning kengroq qamrab olinishi ta’minlash maqsadida, sug‘urta xizmatlarini sotish yo‘nalishlarini takomillashtirish; · Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta zaxiralarining majburiyatlarga muvofiq va oqilona shakllantirilishini ta’minlash; · Qayta sug‘urtalash munosabatlarini rivojlantirish ularning ko‘lamini kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish. 61
5. Sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tarif siyosatining
omillari va risklarning antiseleksiyasiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 6. Sug‘urta biznesini ilmiy tashkil etish: tashkilotning o‘ziga xosligi va tutgan o‘rnini aniqlab olish; biznesni yuritiщda yangilikni doimo kiritib borish; raqobatdagi o‘z afzalliklarini doimo izlash, topish va foydalanish; xar bir mijozning talablariga qarab ish ko‘rish, bozor munosabatlari rivojlanib borayotganda o‘z samarasini berishini isbotlaydi. 7. Ba’zi mamlakatlarda sug‘urta zahiralarini tashkil etishning me’yoriy usuli qo‘llaniladi. Ammo bu usulda hisob-kitob avvalgi yil sug‘urta mukofotlari va sug‘urta qoplamalari miqdoriga asoslanib amalga oshiriladi. Sug‘urta zahiralari esa sug‘urtalovchining kelajakdagi, mo‘ljaldagi majburiyatlarini tasvirlaydi. SHunday qilib, agar joriy yilning zararliligi avvalgi yilnikidan ancha katta bo‘lsa sug‘urta tashkilotida mablag‘larning etishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday holatda zararlilikning tebranishi zahirasini qo‘llash 62
bo‘ladi, bu esa pul mablag‘larining samarasiz ishlatilishiga olib keladi. Inflyasiya sharoitida yoki sug‘urta mukofotlari muttasil o‘sayotgan sharoitda me’yoriy usulni qo‘llash moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan nisbatan xavfsizroq, ammo samaradorlik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas va tariflarning oshirilishiga olib keladi. Me’yoriy usulni asosida yirik shartnomalar yotadigan barqaror sug‘urta portfeliga ega sug‘urta kompaniyalaridagina qo‘llash maqsadga muvofiq. 8. Sug‘urta bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay, sug‘urta mukofotining yalpi ichki mahsulotdagi hozirgi ulushi, sug‘urta bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini katta emasligidan dalolat beradi. Sug‘urtaning o‘sishi umumiqtisodiy o‘sish bilan uzviy bog‘liqdir. SHu bilan birga, sug‘urtaning o‘rni kichik bo‘lgan sharoitda turli islohotlarni joriy qilish va sug‘urta bozorini rivojlantirishning to‘g‘ri yo‘lini tanlash imkoniyati katta bo‘ladi va bozordagi o‘zgarishlar engil kechadi. Bunday sharoitda, qonuniy va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, chet el tajribasini mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish maqsadga muvofiq. 9. Qayta sug‘urtalovchilar bo‘yicha ma’lum talablarning kiritilishi qayta sug‘urtaning sifatiga ta’sir qiladi, lekin talabni bajarish ko‘pgina sugurta tashkilotlari uchun mushkul vazifa ekanligini hisobga olib sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi qayta sug‘urtalovchilarning ahvolini tahlili uchun biror uslub ishlab chiqishi va sug‘urtalovchilarga tavsiya etishi yoki sug‘urtalovchilar tomonidan taklif qilingan har bir qayta sugurtalovchini o‘zi tahlildan o‘tkazib, davriy ravishda tavsiya etilgan qayta sug‘urtalovchilarning ro‘yxatini e’lon qilib borishini taklif etamiz. 13. Qayta sug‘urtalovchi tashkilotlarining shakllanish jarayonidaligini hisobga olgan holda, vaqtincha (2 yil), mahalliy sug‘urtalovchilar tomonidan risklarni chet el qayta sug‘urtalovchilariga uzatishda, avval ularni mahalliy qayta sug‘urtalovchilarga taklif etishi shartligi, tartibini amalga kiritish. 63
Yuqoridagilardan kelib, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat
64
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling