Сульфатга чидамли портландцемент
Download 62.05 Kb.
|
Sulfatbardoshli Portlansement ishlab chiqarish
Oq portlandsement ifloslanishidan saqlash uchun mahsus tayyorlangan texnologiya bilan tarkibida kam temir bo‘lgan oqartirilgan klinkerni maydalab, gipsning zarur miqdori va oz miqdordagi diatomit qo‘shimchasi bilan tuyib olinadi. Oq sement 300, 400, 500 marka bilan ishlab chiqariladi va oddiy sementga ko‘yiladigan talablarni qoniqtirishi kerak. Oqlik darajasiga qarab oq sement uch navga bo‘linadi: oliy nav, Bs-I va Bs-II. Sementning oqligi, sement oqligini 100% deb qabul qilingan bariyning sulfat oqligiga nisbati yorqinlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Naviga qarab yorqinlik 80, 76 va 72% kam bo‘lmasligi kerak.
Rangli portlandsementni oq sement, gips va pegmentni birgalikda tuyib olinadi. Sement massasiga nisbatan sintetik mineral yoki tabiiy pigmentning miqdori 15% dan, organik pegmentning miqdori esa 0,3% dan oshmasligi kerak. Rangli portlandsementni mahsus tayyorlangan rangli klinkerdan olish mumkin. Oq va rangli sementlar rangli beton olish, arxitektura detallari va yuzalarni qoplash plitalarini olish, pardoz ishlari uchun mo‘ljallangan. Zo‘riquvchi sement, V.V.Mixaylov taklifiga binoan, portlandsement klinkerini va zo‘riqqan komponentni glinozem shlaki yoki boshqa tarkibida alyumin bo‘lgan modda, gips va oxakni birgalikda tuyib olinadi. O‘rtacha kompnentlararo nisbat 65:20:10:5. Pastsulfat shakldagi kalsiy gidrosulfoalyuminatini yuqorisulfat shaklga kristallashishi oqibatida sement toshi nisbatan katta mustahkamlikka etgandan keyin (15-20 MPa) zo‘riquvchi sement o‘z hajmini sezilarli kengaytirish xususiyatiga ega bo‘ladi (4%gacha). Bunday sement o‘zini zo‘riqtiruvchi temir-beton tayyorlashda qo‘llash imkonini beradi, qaysiki, armatura betonning kengayishi oqibatida oldindan zo‘riqadi. Bu zo‘riquvchi sement boshqa kengayadigan sementlardan farq qiladi, ular qotishni boshlanish davrida uz hajmini kengaytiradi. Zo‘riquvchi sement va ular asosidagi betonlar yuqori mustahkamlikka egadirlar (28 kunda 50-70 MPa), suv va gaz o‘tkazmaydi. Zo‘riquvchi sementni o‘zini zo‘ritirquvchi temir-beton trubalar, yo‘l va aerodromlarni qoplashda, tonnel va katta diametrli vodoprovodlarda va shunga o‘xshash konstruksiyalar tayyorlashda qo‘llash samaralidir. Bu konstruksiyalarni tayyorlashda zo‘riquvchi sementning juda tez tishlashini (tishlashning boshlanishi 2 minut, tugashi 6 minut), shuningdek beton zaruriy mustahkamlikka erishgandan keyin sementning kengayishini taъminlovchi qotishning mahsus tartibi qo‘llanishini hisobga olish zarur. Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlarni suv o‘tkazmaydigan beton tayyorlashda qo‘llash mumkin. Bu sementlarning mohiyati sementni qotishida fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hajmi oshadigan tarkiblarni borligidir. Bunday sementlarning juda kup retseptlari maъlum, lekin doimiy ishlab chiqarilmaydi (bunday sementlar alohida mahsus maqsadlar uchun ishlab chiqariladi). Oxirgi yillarda betonni qotish jarayonida uning hajm o‘zgarishini sozlash uchun kengayuvchi sementlar o‘rniga oddiy portlandsementli qorishma va betonlarga kompleks qo‘shimchar kiritilishi qo‘llanmoqda. Download 62.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling