Сульфатга чидамли портландцемент
Download 62.05 Kb.
|
Sulfatbardoshli Portlansement ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tez qotadigan sement
- SHlakli portlandtsement
- Plastiklashtirilgan portlandtsement
Portlandtsement (PTS) deb, tarkibida gipsdan tashqari mineral qo‘shimchalar bo‘lmagan sementga aytiladi. Toza klinkerli portlandtsement qo‘shimchasiz holda yuqori mustahkamlikdagi betonlarda, yigmatemir- beton ishlab chiqarishda, ayniqsa oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarda, maxsus sharoitlar – shimoliy tumanlarda, quruq va issiq iqlimlarda qo‘llaniladi.
Sementlarga qo‘yiladigan talablar 2. 1-jadval
Umumiy ishlab chiqariladigan sementning 60% ni keng ko‘lamda qo‘llaniladigan sement, yaъni ko‘shimchali portlandtsement bilan tashkil etadi. Ular ko‘pgina monolit va yig‘ma temir- beton konstruktsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Tez qotadigan sement – portlandtsementning qo‘shimchali turi. 400, 500 markali bu sementning 3 kundan siqilishga mustahkamligi 25 MPa dan kam emas. Tez qotishni taъminlash uchun klinker tarkibida C3S >50%, C3S+C3A>60% bo‘lib sement esa mayin tuyilgan bo‘lishi kerak. Solishtirma yuzasi 3500 sm2/g dan kam bo‘lmasligi kerak. SHlakli portlandtsement – porlandtsement klinkeri va granullangan domna shlaki bilan birgalikda yanchish natijasida olinadi. O‘z xususiyati bilan shlakliportlantsement oddiy sementdan oz farq qiladi, xaqiqiy zichligi ozgina past (2, 9-3), shunga qarab ham kamroq. SHlakli portlandtsement portlandtsementdan (klinkerni tarkibi bir xil) ancha sekinroq tishlashishi(boshlanishi 4-6 soatdan, tugashi10-12 soatdan keyin) va birinchi 7-10 kunda sekin qotishi bilan farqlanadi. Bu sement klinkeri tarkibida C3A 8% dan kam bo‘lganda, minerallashgan suvlar (sulъfatli, dengiz suvi) taъsiriga anchagina chidamli beton olinadi. Issiqlik va namlik bilan ishlov berilganda oddiy portlandtsementga nisbatan shlakoportlandtsementning qotishi ancha tezlashadi, bu esa yig‘ma temir beton ishlab chiqarishda uning yuqori samaradorligini taъminlaydi. Hamma sementlar istemolchining talabiga binoan qorishmaning plastikligini oshiruvchi eki gidrofoblovchi namlikni tez yuqtirmaydigan qo‘shilmalar bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Plastiklashtirilgan portlandtsement portlandtsementi klinkerini plastiklovchi qo‘shimcha bilan birga mayin qilib yanchib olinadi. Bunday qo‘shimcha bo‘lib, sulъfit-spirtli bardaning modifikatsiyalashgan kontsentrati (gidroliz spirt sanoatining chiqindisi) sement masasiga nisbatan 0, 1-0, 25% miqdordagi quruq modda hisoblanadi. Sulъfit - spirtli barda-sirt aktiv modda bulib, sementning suv bilan qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatadi va sement zarrachalari atrofida moylovchi qoplama hosil qiladi. Plastiklashtirilgan sementdan foydalanilganda qorishma va betonning plastikligi oshadi, bu esa beton qorshimasini joylashni osonlashtiradi va tezlashtiradi, betonda sementni 5-10% ga iqtisod qilish imkonini beradi eki suv sement nisbatini kamaytiradi va betoning sovuqqa chidamliligini oshiradi. Plastiklashtirilgan sement portlandtsement kabi markalarga ega. Download 62.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling