Сульфатга чидамли портландцемент


Download 62.05 Kb.
bet3/10
Sana15.02.2023
Hajmi62.05 Kb.
#1202582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sulfatbardoshli Portlansement ishlab chiqarish

Gidrofob portlandtsement – portlandtsement klinkerbni sirt-aktiv gidrofoblovchi (suv yuqtirmaydigan) qo‘shimcha bilan mayin yanchilgan mahsulotdir. Qo‘shimcha sifatida milonaft yoki asidol, yaъni neftъ mahsulotlari sement massasiga nisbatan 0, 1-0, 15% miqdorda olinadi. Gidrofob sementi, boshqa oddiy sementdan farqli, quyidagi xususiyatlarga ega: nam tortishi past, uzoq muddatga saqlanganda va xatto nam havoda ortilganda ham aktivligini yo‘qotmay sochiluvchan holatda qoladi; yuqori plastiklikka (plastiklashtirilgan sementdan kam bo‘lsada) ega; suv shimish va suv o‘tkazish darajasi past va betonda sovuqqa chidamligigi yuqori. Gidrofob sementi ham oddiy portlandtsement markalari kabi markalarga ega.
Sirt-aktiv qo‘shimchali sementlar boshlang‘ich davrda bir qancha sekinroq qotish tezligiga ega bo‘lib, shunga ko‘ra kamroq issiqlik ajratib chiqaradi. Bu sementlar alohida maxsus sharoitlarda, yaъni gidrotexnik inshootlarini qurishda va monolit temir-beton konstruktsiyalarini ko‘tarishda ishlatiladi, bunda betonning suv o‘tkazmasligi va issiqlik ajratib chiqarishi muhim ahamiyatga ega.
Sulъfatga chidamli sementlar – alohida guruhga ajratilgan va ularga UzRST talablari kuyilgan (2. 1 jadvalga qar. ). Sulъfatga chidamli portlandtsement (SPTS) 400 marka bilan ishlab chiqariladi. Sementning sulъfatga chidamliligi mineralogik tarkibini meъyorida bo‘lishi bilan taъminlanadi, qaysiki sulъfat agressiyasiga chidamsiz minerallarning miqdori tarkibda kamaytiriladi. Bu sement tarkibida: C3S>50%,C3A<5%, C3A+C4AF<22%. Qo‘shimchali sulъfatga chidamli portlandtsement (KSPTS) maxsus tarkibdagi portlandtsement klinkerini (C3A<5%, C3A+C3AF<22%) va mayin yanchilgan aktiv mineral qo‘shimcha bilan birga tuyib olinadi. Qo‘shimcha sifatida trepel, opok, diatomit (5-10%) yoki granullangan domna shlaki (10-20) ishlatiladi. Qo‘shilma C3S gidrotatsiyasida ajraladigan kalъtsiy gidrooksidini bog‘laydi, bu esa sementning sulъfatga chidamliligini oshiradi. Bunday holatda tarkibida juda ko‘p C3S bo‘lgan klinkerni qo‘llash mumkin bo‘ladi, qo‘shimchali sulъfatga chidamli sementlar esa 500 va 400 markaga egadir.

Download 62.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling