Сульфатга чидамли портландцемент
ement va bog‘lovchilarning maxsus turlari
Download 62.05 Kb.
|
Sulfatbardoshli Portlansement ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli portlandtsement
- Zo‘riquvchi sement
ement va bog‘lovchilarning maxsus turlari. Vaqt o‘tishi bilan sement nomenklaturasi ortib bormoqda. Mahsus sementlar betonga alohida xususiyat yaъni, qurilishda keng qo‘llash imkonini beradi.
Oq portlandtsement ifloslanishidan saqlash uchun mahsus tayyorlangan texnologiya bilan tarkibida kam temir bo‘lgan oqartirilgan klinkerni maydalab, gipsning zarur miqdori va oz miqdordagi diatomit qo‘shimchasi bilan tuyib olinadi. Oq sement 300, 400, 500 marka bilan ishlab chiqariladi va oddiy sementga ko‘yiladigan talablarni qoniqtirishi kerak. Oqlik darajasiga qarab oq sement uch navga bo‘linadi: oliy nav, Bts-I va Bts-II. Sementning oqligi, sement oqligini 100% deb qabul qilingan bariyning sulъfat oqligiga nisbati yorqinlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Naviga qarab yorqinlik 80, 76 va 72% kam bo‘lmasligi kerak. Rangli portlandtsementni oq sement, gips va pegmentni birgalikda tuyib olinadi. Sement massasiga nisbatan sintetik mineral yoki tabiiy pigmentning miqdori 15% dan, organik pegmentning miqdori esa 0, 3% dan oshmasligi kerak. Rangli portlandtsementni mahsus tayyorlangan rangli klinkerdan olish mumkin. Oq va rangli sementlar rangli beton olish, arxitektura detallari va yuzalarni qoplash plitalarini olish, pardoz ishlari uchun mo‘ljallangan. Zo‘riquvchi sement, V. V. Mixaylov taklifiga binoan, portlandtsement klinkerini va zo‘riqqan komponentni glinozem shlaki yoki boshqa tarkibida alyumin bo‘lgan modda, gips va oxakni birgalikda tuyib olinadi. O‘rtacha kompnentlararo nisbat 65:20:10:5. Pastsulъfat shakldagi kalъtsiy gidrosulъfoalyuminatini yuqorisulъfat shaklga kristallashishi oqibatida sement toshi nisbatan katta mustahkamlikka etgandan keyin (15-20 MPa) zo‘riquvchi sement o‘z hajmini sezilarli kengaytirish xususiyatiga ega bo‘ladi (4%gacha). Bunday sement o‘zini zo‘riqtiruvchi temir-beton tayyorlashda qo‘llash imkonini beradi, qaysiki, armatura betonning kengayishi oqibatida oldindan zo‘riqadi. Bu zo‘riquvchi sement boshqa kengayadigan sementlardan farq qiladi, ular qotishni boshlanish davrida uz hajmini kengaytiradi. Zo‘riquvchi sement va ular asosidagi betonlar yuqori mustahkamlikka egadirlar (28 kunda 50-70 MPa), suv va gaz o‘tkazmaydi. Zo‘riquvchi sementni o‘zini zo‘ritirquvchi temir-beton trubalar, yo‘l va aerodromlarni qoplashda, tonnel va katta diametrli vodoprovodlarda va shunga o‘xshash konstruktsiyalar tayyorlashda qo‘llash samaralidir. Bu konstruktsiyalarni tayyorlashda zo‘riquvchi sementning juda tez tishlashini (tishlashning boshlanishi 2 minut, tugashi 6 minut), shuningdek beton zaruriy mustahkamlikka erishgandan keyin sementning kengayishini taъminlovchi qotishning mahsus tartibi qo‘llanishini hisobga olish zarur. Download 62.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling