Sulfatlar sinfi minerallari


Download 50.02 Kb.
bet11/15
Sana07.04.2023
Hajmi50.02 Kb.
#1340816
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sulfatlar sinfi minerallari

Sfalerit—ZnS, sulfidlar sinfiga kira­di. Qattiqligi—2—3, solishtirma og‘irligi—3,6— 4,2 g/sm3. Olmossimon yaltiroq rangsiz, qizg‘ish, qo‘ng‘ir, yashil, qora, chizig‘ining rangi oq, och sariq, ulanish yuzasi juda mukammal. Kub singoniyali, u mo‘rt, elektr tokini o‘tkazmaydi, nitrat kislotada parchalanadi. Asosan gidrotermal eritmalardan ruda tomirlarida va magmatik tog‘ jinslari hamda cho‘kindi jinslar kontaktlarida hosil bo‘ladi. Sfaleritdan kam uchraydigan kadmiy, indiy va boshqa nodir elementlar olinadi. Bundan tashqari sfaleritdan bo‘yoq olinadi.
31. Fosforit —Sa5(S1,F) (R04)3 tarkibida SaSO3 bo‘ladi, fosfatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1—5, solishtirma og‘irligi—2,2—3,2 g/sm3, yog‘simon, yaltiroq. Rangi kulrang, tiniq, to‘q ko‘k qo‘ng‘ir, qora, ba’zan oq. CHizig‘ining rangi och, kulrang,tiniq emas, ulanish yuzasi bo‘lmaydi. Fosforit amorf konk­retsiya tomma holda uchraydi. Bundan tashqari, kislotalarda eriydi. Fosforit ishqorli magmadan hosil bo‘lib, u otqindi jinslar orasida oz miqdorda uchray­di. Bundan tashqari, u apatit pigmentlaridan va kontaktlardan kelib chiqadi. Fosforit fosfor olishda muhim xom ashyodir. Apatitdan maydalangan holda yoki sun’iy yo‘l bilan termofosfat, superfosfat tayyorlanib, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi va fosforli kislotalar olinadi.
32. M a g n e z i t — MgSO3, karbonatlar sinfiga xos. Qattiqligi — 4—4,5, solishtirma og‘irligi —3 g/sm3. SHishasimon va sadafsimoi yaltiroq. Rangi oq, kulrang, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, chizig‘ining rangi oq, ulanish yuzasi mukammal. Trigonal singoniyali, mo‘rt, chig‘anoqsimon sinish hosil qiladi. Magnezit isitilgan xlorid kislotada eriydi. Kelib chiqishi: magnezit magniy tuzli issiq eritmalarning ohaktoshga metasomatik o‘rin almashishidan va magniyli silikatlarning nurashidan hosil bo‘ladi. Magnezit o‘tga chidamli qurilish materiallari tayyorlashda alohida magnezial sement uchun ishlatiladi va metallurgiya sanoatida qo‘llaniladi.
33
Download 50.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling