Sun’iy hujayrasi
O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va reaktivlar
O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish
Variantlar Poya uzunligi Ildiz uzunligi 0,12 n. NaCl eritmasi Suv (oddiy oqova suv) 0,12 n. NaCl + KCl + CaCl 2 0,12 n. NaCl + KCl + CaCl 2 Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan ijobiy natija olishda tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irligi yoki ildizlar soni aniqlansa yanada yaxshi bo‘ladi. Tajribadan olingan natijalar talabalar bilan birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi. 19-LABORATORIYA ISHI Tuproqning namligini aniqlash Darsning maqsadi: Tuproqning namligini aniqlash. Umumiy ma’lumot: О‘simliklarni normal holda suv bilan ta’min qilib turishda, tuproqning tо‘la nam sig‘imini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tuproqning tо‘la nam sig‘imi deb, ayni tuproqning о‘zida suvni ushlab turish qobiliyatiga aytiladi. Tuproqning tо‘la nam sig‘imini aniqlash uchun ikkita bosqichdagi ishlarni amalga oshirish kerak: tuproq namligini va nam sig‘imini. Kerakli asbob va reaktivlar: Tuproq, byukslar, tagiga temir setka qо‘yilgan silindr, quritgich shkaf, eksikator, tarozi, tarozi toshlari, filtr qog‘oz, shtativ. Ishni bajarish tartibi: Buning uchun, ilgaridan og‘irliklari ma’lum bо‘lgan alyuminiy yoki shisha byukslarga tuproq solib, ularning og‘irliklari ham tarozida tortish bilan aniqlanadi. Byukslarga solingan tuproq, quritgich shkaflariga qо‘yiladi va 6 soat davomida 105 0 C da quritiladi. Quritish vaqtining tugashi bilan byukslar pinset yordamida quritgich shkafidan olinadi va eksikatorga qо‘yiladi. Eksakatorda xona haroratigacha sovitiladi, sо‘ngra esa, ular tarozida tortiladi. Tarozida tortilgan byukslar, qaytadan quritgich shkaflarida 2 soat davomida 105 0 C da saqlanadi. Keyin esa, byukslar shkafdan olinib, eksikatorda 30-40 daqiqa davomida xona haroratigacha sovitiladi va tarozida tortib og‘irligi aniqlanadi. Agarda, birinchi tortish bilan ikkinchi tortish о‘rtasida farq bо‘lmasa, quritish ishi tugatilgan deb hisoblanadi. Mabodo, tuproq og‘irligining kamayishi davom etsa, quritish yana bir marta takrorlanadi. Tuproq namligini aniqlashdan olingan natija ma’lumotlari quyidagi jadvalga yoziladi. Tajriba natijalari 6,22 g tuproq tarkibida 1,24 g suv borligini kо‘rsatadi. Odatda, tuproqni quritish davrida bug‘lanib ketgan suv miqdori foizlarda ifodalanadi. 6,22 – 100 1,24 – X X=100x1,24/6,22=19,93 % Demak, olingan tuproq namligi 19,93 % ga teng ekan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling