Sun’iy hujayrasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
- Kerakli asbob va reaktivlar
- Ishni bajarish tartibi
16-LABORATORIYA ISHI О‘simliklarni bir metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish Darsning maqsadi: Talabalarni о‘simliklarni bir metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish usullari bilan tanishtirish. Umumiy ma’lumot: Tuzlarning yuqori konsentratsiyasi hujayra sitoplazmasidagi tuzilma – organellalarga ham ta’sir qiladi. Tuproqdagi tuzlarning ortiqchaligiga masalan, natriy xloridni ta’siriga chidamligiga kо‘ra quyidagi tartibdagilarni kо‘rish mumkin. Mitoxondriylar eng chidamli bо‘lib, keyingi о‘rinda yadro, uchinchi xloroplastlar va nihoyat ribosomalar turadi. Xloroplastlarda shо‘rlanish ta’sirida natriy va xlor ionlari kо‘p tо‘planadi, buning ta’siridan granalarni parchalanishi sodir bо‘ladi. Bu ionlarni sitoplazmada ortiqchaligi faqat xloroplastlarnigina emas, mitoxondriylarning bо‘kishiga sabab bо‘ladi. Shо‘rlanish sharoitli tuproqdagi eritmalarda bir valentli elementlarni masalan, natriy va xlorni kо‘payishi rо‘y beradi. Bu holat membranani xususan tonoplast о‘zgaruvchanligini kuchaytiradi. Natijada hujayraning shirasidagi kislotalar xloroplastlarga kirib xlorofillga ta’sir qilib uni feofitinga aylantiradi. Tuzlar odatda ildizning о‘sishini kuchli tarzda sekinlashtiradi. Bunday holat о‘simlikning yer usti qismida keskin rо‘y bermaydi. Ildizlar doimo shо‘rlangan tuproq ta’sirida bо‘lganligidan ular tuz ta’siridan kо‘proq “jabrlanadi”. Tuzlar ildiz tukchalari о‘sadigan joylaridagi hujayralarni zararlaydi. Kerakli asbob va reaktivlar: Unayotgan o‘simliklar ypyg‘i, bir litrda 7,02 g NaCl erigan eritma, bir litrda 8,94 g KCl erigan eritma, bir litrda 6,66 g CaCl 2 erigan eritma, distillangan suv, hovoncha, 1 litrlik shisha idish, pipetka, pinset, qaychi, filtr qog‘ozi, chizg‘ich yoki millimetr qog‘ozi, oynaga yozadigan qalam. Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun 500 sm 3 hajmli shisha idishlardan 7 ta olib, yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarning birinchisiga 500 ml NaCl, ikkinchisiga 500 ml KCl, uchinchisiga 500 ml CaCl 2 , to‘rtinchisiga 500 ml oddiy suv solinadi. Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir xil rivojlanishiga ega bo‘lgan tajriba uchun tanlangan о‘simliklar o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari ozuqa eritmasiga to‘la botib turishi kerak. O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun idishlarni harorati 25-30 0 С darajada bo‘lgan yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa eritma vaqti- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling