Sun’iy hujayrasi


O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/44
Sana11.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1259505
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А

O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish 
 
Variantlar 
Poya uzunligi 
Ildiz uzunligi 
0,12 n. NaCl eritmasi 
0,12 n. KCl eritmasi 
0,12 n. CaCl
2
eritmasi 
Suv (oddiy oqova suv)
Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan 
ijobiy natija olishda tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta 
davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan 
suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. 
Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq 
og‘irligi yoki ildizlar soni aniqlansa yanada yaxshi bo‘ladi. Tajribadan olingan natijalar talabalar bilan 
birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi. 
Eslatma: Tuzli eritmalarda о‘simliklarni о‘stirish tajribalari davomli bо‘lib, bir-birini tо‘ldirgani 
va uzoq muddat davom etishini hisobga olganda, 16, 17, 18-laboratoriya ishi tajribalarini bir vaqtda 
qо‘yish maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
 
 
17-LABORATORIYA ISHI
О‘simliklarni ikki metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish 
 
Darsning maqsadi: Talabalarni о‘simliklarni ikki metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish 
usullari bilan tanishtirish. 
Umumiy ma’lumot: Sof holda olingan bir metall ionlari tutgan tuz eritmasida, o‘simliklar sekin 
o‘sadi yoki yomon o‘sadi, ayrim hollarda esa, o‘simlik butunlay o‘smaydi, ya’ni u zaharlanadi. Buning 
isbotini 16-laboratoriya ishimizda о‘tkazilgan tajribada kо‘rdik.
Ionlar antogonizmi bu – bitta tuz ionlarining salbiy ta’sirini, boshqa tuz ionlari tomonidan 
kamaytirilishi yoki uni butunlay yo‘qotilishi tushuniladi. Agar, o‘simlikka zahardek ta’sir qiluvchi osh 
tuzi eritmasiga, kalsiy, magniy va kaliy tuzi eritmalaridan ma’lum miqdorda qo‘shilsa, o‘simliklarning 
o‘sish jarayoni tezlashadi. Bu bitta osh tuzining o‘simlikka bo‘lgan salbiy ta’sirini, boshqa tuzlar 
tomonidan kamaytirilganini yoki butunlay yo‘qotilganligini ko‘rsatadi. O‘simliklarni har xil tuz 
eritmalarida o‘stirish yo‘li bilan ularning optimal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tuz ionlari 
konsentratsiyasini tanlab olish mumkin. Ozuqa eritmalaridagi tuz ionlari konsentratsiyasining o‘simliklar 
o‘sishi uchun optimal holda bo‘lishi muvozanatlashgan (tenglashtirilgan) eritma deb ataladi. Eritmada, 
tuz ionlarining soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning o‘simliklar o‘sish va rivojlanishiga bo‘lgan ijobiy ta’siri 
ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni plazmolemma yuzasidan ionlarning 
adsorblanishida, tashuvchilar va fermentlar markazi uchun bo‘ladigan kurashida ham ko‘rish mumkin. 
Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni ko‘rsatadigan tajribalarni o‘tkazishda nihoyatda toza 
kimyoviy reaktivlardan va o‘ta toza idishlardan foydalanish kerak. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling