Sun’iy hujayrasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсим физиол УММ 2022 2023 Саматова Ш А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
16-rasm. O‘simlik kuli tarkibidagi kimyoviy elementlarni ko’rinishi 6. Filtratda temir elementi borligi rangli reaksiya yordamida aniqlanadi. Bu reaksiya oq shisha ustida yoki probirkada olib boriladi. Filtratga 1% li kaliy ferrasianid (sariq qon tuzi) eritmasi qo’shilsa, berlin lazuri hosil bo’ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi: ( ) ( ) KCl CN Fe Fe CN Fe K FeCl 12 3 4 3 6 4 6 4 3 + → + 15-LABORATORIYA ISHI О‘simlik kulida uchraydigan mikroelementlarni aniqlash Darsning maqsadi: Bir necha xil o’simliklar kulidan kul tarkibida uchraydigan mikroelementlarni aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: har xil о‘simliklar kuli, elektr plitka, chinni tigel, probirkalar, konsentrlangan va 10% li nitrat kislota, NaOH eritmasi, lakmus qog‘oz, HCl ning kuchsiz eritmasi, 1 n. CoNO 3 , etil spirt, 5% li oksalat kislota, NH 4 NO 3 kristallari, 10% li (NH 4 ) 2 MoO 4 , 10% li BaCl 2 , 5% li NH 4 CNS eritmalari va ammoniy persulfat [(NH 4 ) 2 S 2 O 8 ] kristallari. Ishni bajarish tartibi: Ishni bajarish uchun chinni tigelga 1 g kul solib, ustiga 1 ml konsentrlangan HNO 3 qо‘shib aralashtiriladi, sо‘ngra 10-15 ml suv quyib eritma qaynaguncha qizdiriladi va issiqligicha filtrlanadi. Keyin filtrat ikkita probirkaga taqsimlanadi. Ularning biri K, P va S ni, ikkinchisi Ca, Fe va Mn ni aniqlash uchun ishlatiladi. Birinchi probirkadagi filtratdan 3 ta probirkaga 1-2 ml dan quyib, quyidagi reaksiyalar orqali kaliy, fosfor va oltingugurt aniqlanadi: O’simliklar fiziologiyasi 229 1. – kaliyni aniqlash uchun birinchi probirkadagi eritmaga 0,25-0,5 ml chamasi natriy ishqori (NaOH), kobalt-nitrat eritmasi va 1-2 ml etil spirti qо‘shib, 15-20 minut tinch qoldiriladi. Shu vaqt davomida sariq chо‘kma hosil bо‘lishi kaliy elementi borligini kо‘rsatadi; 2. – fosforni aniqlash uchun ikkinchi probirkadagi eritmaga ammoniy nitrat (NH 4 NO 3 ) kristallaridan biroz qо‘shib, qaynaguncha qizdiriladi. Issiq eritma ustiga ammoniy molibdatning 10% li eritmasidan 1 ml qо‘shganda oltinrang-sariq chо‘kma hosil bо‘lganligi fosfor borligini tasdiqlaydi; 3. – uchinchi probirkadagi filtratga 10% li bariy xlorid (BaCl 2 ) eritmasi qо‘shilganda oq rangli loyqa hosil bо‘lishi oltingugurt borligini isbotlaydi. Kalsiy, temir va marganets ikkinchi probirkadagi eritmadan quyidagicha aniqlanadi: 1. – probirkadagi eritma kuchsiz ishqoriy muhitga kelguncha unga natriy ishqori (NaOH) eritmasidan qо‘shiladi. Eritmaning muhiti lakmus qog‘oz yordamida aniqlanadi. Eritmaga ishqor qо‘shilganda Al(OH) 3 , Fe(OH) 3 va Mn(OH) 2 hosil bо‘lib chо‘kmaga tushadi. Probirkadagi chо‘kmali eritma filtrlanadi. Filtr ustida qolgan asos chо‘kmalari temir va marganets elementlarini aniqlashda ishlatiladi. Filtratdan kalsiy elementi aniqlanadi; 2. – kalsiyni aniqlash uchun unga avval kuchsiz HCl eritmasi, sо‘ngra bir necha tomchi sirka kislota qо‘shib, 5% li oksalat kislota (C 2 H 2 O 4 ) ta’sir ettiriladi. Bunda oq loyqa hosil bо‘lishi kalsiy borligini bildiradi; 3. – temirni aniqlash uchun filtr ustida qolgan chо‘kmani voronkasi bilan toza va quruq probirkaga joylashtirib, chо‘kma ustiga 10% li HNO 3 eritmasidan 10 ml chamasi quyiladi. Filtratdan toza va quruq probirkaga 2-3 ml olib, bir necha tomchi 5% li ammoniy rodanid (NH 4 CNS) eritmasi qо‘shilganda, qizil chо‘kma hosil bо‘lishi filtratda temir elementi borligini kо‘rsatadi; 4. – toza probirkaga filtratdan 2-3 ml solib, ustiga 0,5 ml konsentrlangan HNO 3 va 0,1 g ammoniy persulfat [(NH 4 ) 2 S 2 O 8 ] qо‘shib, spirt lampa alangasida 5-6 minut qaynatiladi. Binafsha rang hosil bо‘lishi marganets borligini isbotlaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling