Spermatozoidlarning harakati. Barcha hayvonlar spermatozoidlari dumi bilan harakat qiladi. Tashqi urug’lanish guruhiga kiradigan hayvonlarda (jinsiy suyuqlikning suvga chiqarilishi) spermatozoidlar spiral shaklida harakat qiladi, bu urug’ning tuxum hujayra bilan uchrashishini tezlashtiradi. Ichki urug’lanish guruhiga kiruvchi hayvonlarda spermatozoidlar to’g’ri chiziqli ilgarilanma harakat qiladi. To’g’ri chiziqli tekis harakat - spermatozoidlarning muhim xususiyatlaridan biri, shu harakat tufayli u tuxum hujayra bilan uchrashib urug’lantirishga muvaffaq bo’ladi. Spermatozoidlarning harakati dum qismining to’lqinsimon harakati va o’z o’qi atrofida aylanishi hisobiga sodir bo’ladi.
Spermatozoidlar to’g’ri chiziqli ilgarilanma harakatining o’rtacha tezligi xona sharoitida turli hayvonlarda bir daqiqada 1-2 mm dan 4-5 mm gacha bo’ladi.
Spermatozoidlar suyuqlik oqimiga qarshi harakat qilish xususiyatiga (reotaksis) ega. Bu holatni ularning moslashuvi, ya’ni kuyikkan urg’ochi hayvon jinsiy a’zosidan ajralayotgan suyuqlikka qarshi borish xususiyati deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |