Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Spermatozoidlar konsentrasiyasini aniqlash


Download 198.77 Kb.
bet40/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Spermatozoidlar konsentrasiyasini aniqlash. Spermatozoidlar konsentrasiyasi - bu spermadagi urug’ xujayralarining miqdor darajasi bo’lib, 1 ml spermadagi spermatozoidlar soni milliardlarda o’lchanadi.

Spermatozoidlar konsentrasiyasi Goryayev, Tom, Byurner, Makler sanoq kameralari, fotoelektrokolorifmetr (FEK-M), fotoelektrik elektrogemo-metr va standartlar yordamada aniqlanadi.

Spermatozoidlar konsentrasiyasini Goryayev sanoq to’rida aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Sanoq kamerasini tayyorlash. 2. Spermani melanjerda suyultirish. 3. Sanoq to’riga suyultirilgan spermadan quyish. 4. Spermatozoidlarni sanash. 5. Tekshiriladigan spermadagi spermatozoidlarning konsentrasiyasini hisoblash.

Sanoq kamerasi spirt-yefir bilan artilib quritiladi. Sanoq to’ri chetlari silliqlangan yopqich oyna bilan yopilib, yonboshida kamalak hosil bo’lgunga qadar ishqalanadi. Sperma melanjerlarda 3%-li natriy xlorid eritmasi bilan suyultiriladi. Yeritrositlarni sanash uchun (qizil aralashtirgichli) melanjer 0,5, 1, 101 belgilari bo’ladi.

Buqalarning spermasi yeritrositlarni sanash uchun melanjer yordamida 100 marta, quchqorlarniki esa 200 marta suyultiriladi.

Leykositlar uchun (oq aralashtirgichli) melanjer 0,5, 1 va 11 o’lchamlariga ega bo’lib, undan ayg’ir va Erkak cho’chqalar spermasini 10 va 20 marta suyultirish uchun foydalaniladi.

Buqalarnipg spermasidan yeritrositlarni sanash melanjerining 1 belgisigacha, quchqorlar spermasidan esa 0,5 belgisigacha, ayg’irlar va cho’chqalar spermasidan leykositlar uchun melanjerning 0,5 belgisigacha olinib, uning ustiga 101 va 11 belgisigacha 3%-li natriy xlorid eritmasidan olinadi. Melanjerlarning ikki tomoni yopilib 2-3 daqiqa davomida siltanib aralashtiriladi va 3-4 tomchi to’kib tashlanib, melanjerning uchi paxta bilan artiladi. Bundan keyingi tomchi sanoq kamerasiga quyiladi. Sanoq to’rining oraliq plastikasida ikkita to’r mavjud, shuning uchun aralashma ikkala tomondan quyiladi va 2-3 daqiqa davomida spermatozoidlar cho’kib bo’lgandan keyin sanash boshlanadi. Avval mayda obektivda to’r topiladi, keyin katta obektivda (ko’rish maydoniga bita katta katak sig’ishi kerak) ko’riladi. Goryayev to’rdagi 225 ta katta kataklardan 25 tasi 16 tadan mayda katakchalarga bo’lingan. Spermatozoidlar diaganal bo’yicha beshta katta (80 ta mayda) kataklarda sanaladi. Mayda katakchalar ichida va ularning chap va yuqorigi chiziqlari ustida (G shaklida) joylashgan spermiylarning faqat boshchalari hisobga olinadi. Har bir katta katakda sanalgan spermatozoidlar soni yozib boriladi va konsentrasiya quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

N x D x 4000 x 1000

K = ---------------------------

80

Bunda, K - 1 ml spermadagi spermatozoidlar konsentrasiyasi (mlrd hisobida);



N - 80 ta kichik katakchalarda sanalgan spermatozoidlar soni;

D - suyultirish darajasi;

4000 - millimetr kubga aylantirish soni;

1000 - millilitr (ml) yoki santimetr kubga (sm3) o’girish koyeffisiyenti.

Ishni tezlashtirish maqsadida 80 ta kichik katakchalarda sanalgan spermatozoidlar soni formula bo’yicha hisoblanmasdan buqa spermasi 200, qo’chqorda - 100, ayg’ir va Erkak cho’chqalarda 1000 ga bo’linib, spermatozoidlarning 1 ml spermadagi soni milliard hisobida aniqlanadi. Masalan, 5 ta katta kataklarda 240 ta spermatozoidlar sanalgan bo’lsa unda 1 ml spermadagi konsentrasiyasi 240: 200 = 1,2 mlrd/ml. bo’ladi.

Spermadagi spermatozoidlar konsentrasiyasini aniqlash bo’yicha olingan ma’lumotlar shu turdagi Erkak hayvonlar spermasining o’rtacha ko’rsatkichlari (qo’chqor - 2-3; buqa - 0.8-1; ayg’ir - 0,1-0,25; Erkak cho’chqa - 0,1-0,2; it - 0,1; qo’yon - 0,1; xo’roz va kurka - 2-4; g’oz - 0,3-1 mlrd/ml.) bilan taqqoslab ko’riladi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling