Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Erkak cho’chqalar spermasida spermatozoidlar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash


Download 198.77 Kb.
bet43/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Erkak cho’chqalar spermasida spermatozoidlar konsentrasiyasini optik standartlar yordamida aniqlash. Standart bitta kavsharlangan probirkadan iborat bo’lib, eritma tiniqligi bo’yicha konsentrasiyasi 5 mln.ml ga teng bo’lgan spermaga mos keladi. Bo’sh probirkaga pipetka bilan 1 ml 1%-li natriy xlorid eritmasi va 0,1 ml Erkak cho’chqa spermasidan solinadi. Probirkani siltab ularni yonma-yon ushlab, orqasidan kitob yozuvini ko’yib tiniqligi taqkoslanadi. Keyin sperma solingan probirkaga tiniqligi ikkala probirkalarda ham bir xil bo’lguncha natriy xloridning 1%-li eritmasidan qo’shiladi.

8-rasm. Spermatozoidlar sonini aniqlash. 1-Goryayev sanoq to’rida; 2-Byurker kamerasida; 3-Toma kamerasida spermatozoidlarni sanash tartibi; 4-Spermatozoidlarni sanash standartlari.

Shundan keyin K = 50 (N + 0,1) formula bo’yicha konsentrasiya aniqlanadi. Bunda,

K - 1 ml suyultirilgan spermada spermatozoidlar konsentrasiyasi (mln.ml);

N - sarflangan natriy xlorid eritmasi (ml);

50 - hisoblash koyeffisiyenti.

Masalan, tekshiriladigan spermaga 4,5 ml natriy xlorid eritmasi qo’shilgan bo’lsa unda K = 50 (4,5 + 0,1) = 50 x 4,6 = 230 mln/ml ga teng bo’ladi.


Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling