Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja
Spermatozoidlar harakatlanish turlari
Download 198.77 Kb.
|
Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial bo’yash bilan tirik va o’lik spermatozoidlar nisbatini aniqlash.
- Spermatozoidlarning nafas olishini aniqlash. Kerakli jihozlar
- Spermani metil ko’kining rangsizlanish vaqtiga ko’ra baholash
- Spermatozoidlarning patologik shakllarini sanash
Spermatozoidlar harakatlanish turlari.
Differensial bo’yash bilan tirik va o’lik spermatozoidlar nisbatini aniqlash. Yog’sizlantirilgan buyum oynasining chetiga pipetka yoki shisha tayoqcha bilan bir tomchi sperma va 2-3 tomchi yeozinning 5%-li suvli eritmasidan (yeozin eritmasi natriy sitratning 3%-li eritmasida tayyorlanadi) tomizilib, darhol (2-4 sekund) tayoqcha bilan aralashtiriladi va undan boshqa buyum oynachasiga yupqa surtma tayyorlanadi. Keyin surtma mikroskop ostida 400-600 marta kattalashtirilgan holda ko’riladi. Buyalmagan (tirik) va pushti rangga bo’yalgan (o’lik) spermatozoidlardan bir qator 500 dona sanaladi. Hisoblash tez va oson bo’lishi uchun leykositlarni sanash uchun klavshli apparatdan foydalanish mumkin. Bunda klavshlarlardan biriga T (tirik) va boshqasiga O’ (o’lik) harflari yopishtiriladi. O’lik va tirik spermatozoidlar foizi aniqlangach, sperma harakatchanligi ballarda baholanadi. Masalan, 400 tirik va 100 ta o’lik spermatozoidlar sanalgan bo’lsa quyidagi tenglama tuziladi: 500 - 100% 500 - 100 T - X 400 - X 400x100
X = -------------- = 80% 500 bunda, X - tirik spermatozoidlar foizi, T- sanalgan tirik spermatozoidlar soni. Ushbu holatda spermaning bahosi 8 ballga teng, o’lik spermatozoidlar esa 20% ni tashkil yetadi. Saqlanayotgan sperma ham xuddi shu usulda tekshiriladi, faqat buyoq kamroq qo’shiladi. Spermatozoidlarning nafas olishini aniqlash. Kerakli jihozlar: Yangi olingan urug’, osh tuzining 0,9%-li eritmasida tayyorlangan 0,01% li metil ko’ki eritmasi, ichki diametri 0,8-1 mm bo’lgan 6-8 sm uzunlikdagi shisha pipetkalar, qum soati, buyum oynasi, pipetkalar, oq qog’oz. Bu usul asosan spermatozoidlarni spermaga aralashtirilgan metil ko’ki tarkibidagi kislorodni o’zlashtirishi natijasida eritmaning rangsizlanishiga asoslangan. Toza buyum oynasiga pipetka yordamida bir tomchi yangi olingan sperma, uning ustiga metil ko’kining 0,01%-li eritmasidan bir tomchi tomizilib, tezda shisha naycha bilan aralashtiriladi va aralashma pipetkaga 2 sm balandlikda tortiladi. Keyin pipetka oq qog’oz ustiga qo’yilib, metil ko’kining qancha vaqtda rangsizlanishi sekundomer yordamida kuzatiladi. Tekshirish 20-22°C haroratda olib boriladi. Olingan natijalarga ko’ra, urug’ning sifati quyidagi jadval yordamida baholanadi. 6- jadval Spermani metil ko’kining rangsizlanish vaqtiga ko’ra baholash
Spermatozoidlar kislorodni qancha tez o’zlashtirsa, ular shuncha tez metil ko’kini rangsizlantirib, ularning chidamliligi hamda urug’lantirish qobiliyati shuncha yuqori bo’ladi. Spermatozoidlarning patologik shakllarini sanash. Spermada spermatozoidlarning patologik shakllarining (nuqsonli, majruh) miqdori ruxsat yetiladigan me’yorlardan oshib ketishi teratospermiy deb ataladi. Ularning yuqori foizni tashkil yetishi otalanishning pasayshiga sabab bo’ladi. Spermatozoidlarning gigant yoki karlik, boshchasi deformasiyaga uchrangan, buyni siniq, faqat boshchalar yoki dumsiz, dumi buralgan yoki qiyshaygan, sitoplazmasida tomchilar bor bo’lgan yoki qalinlashgan, bir, ikki, uch va to’rt dumli kabi patologik shakllari uchraydi. Spermatozoidlarni sanash oson bo’lishi uchun konsentrasiyasini kamaytirish maqsadida yangi olingan sperma 0,9%-li natriy xlorid eritmasi bilan suyultiriladi. Bunda quchqorning spermasi 20-30, buqaniki - 10-15, ayg’ir va Erkak cho’chqalar spermasi - 2-3 marta suyultiriladi. Buyum oynasiga bir tomchi sperma qo’yilib, yupqa surtma tayyorlanadi. Quritilgach, 1-2 daqiqa davomida 96%-li spirt bilan fiksasiya qilinadi va 1-2%-li fuksin, yeozin eritmasi yoki 0,1%-li metil kuki eritmasi bilan bo’yaladi. Surtmaga bir bulak filtr qog’ozi qo’yilib, uning ustiga buyoq to’kiladi. 8-5 daqiqadan keyin quritiladi va mikroskop ostida 400-600 marta kattalashtirilgan holatda ko’rilib, 200 ta spermatozoidlar sanaladi. Har bir ko’rish maydonida normal va patologik shaklli spermatozoidlar aniqlanib, ularning foizi hisoblanadi.. Bunda klavshli apparatdan foydalanish ham mumkii. Klavshlarning biriga N (normal), boshqasiga esa P (patologik) harfi yopishtiriladi. Patologik shaklli spermatozoidlar foyizi quyidagi proporsiya yordamida hisoblanadi: 200 - 100% P - X Masalan, surtmada 200 ta sanalgan spermatozoidlardan 25 tasi patologik shaklga ega bo’lsa, bunda: 200 - 100 25 - X
25 x 100 X = ------------ = 12,5% ni tashkil yetadi. 200 Patologik spermatozoidlar miqdori quchqorlar spermasida 14%, buqalarnikida - 18%, Erkak cho’chqalarda - 20% va ayg’irlar spermasida 25% dan oshmasa sun’iy urug’lantirish uchun ishlatishga ruxsat yetiladi. Download 198.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling