Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Urg’ochi hayvonlarni sun’iy urug’lantirish uchun belgilangan sperma miqdorlari


Download 198.77 Kb.
bet44/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Urg’ochi hayvonlarni sun’iy urug’lantirish uchun belgilangan sperma miqdorlari. Har bir tur hayvon uchun sperma miqdori va uning sifat ko’rsatkichlari ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan. Sigirlar uchun yangi suyultirilgan, +2-40S haroratda va suyuq azotda -1960S haroratda saqlanayotgan spermalar ishlatiladi. Yangi olingan sperma 0,3-0,5 ml miqdorda spermatozoidlar faolligi 8 ball, suyultirilgan va +2-40S, +5-200S haroratda saqlangan - 1-1,2 ml dozada harakatchanligi 7 ball va undan yuqori, muzlatilgan sperma yeritilgandan keyin 1 ml dozada harakatchanligi 4 ball bo’lsa ularni qo’llashga ruxsat yetiladi. Spermani saqlashning barcha usullarida ham bir hayvonni urug’lantirish uchun mo’ljallangan dozada to’g’ri chiziqli ilgarilama harakatga ega bo’lgan spermatozoidlar soni 10-12 mlrd. dan kam bo’lmasligi kerak.

Jinsiy a’zolari kattalashgan va bachadonning qisqaruvchanligi pasayganligi uchun 5-6 marta tuqqan sigirlarga, hamda bachadon buyniga shpris-katetr yuborishni imkoniyati bo’lmaganda spermaning dozasi 1,5-2 marta oshiriladi.

Qo’ylarni sun’iy urug’lantirishda suyultirilgan spermadan 0,1 - 0,15 ml, tarkibida 80 mln. faol spermalar bo’lgan va bahosi 8 balldan past bo’lmagan suyultirilmagan spermadan 0,05 ml yuboriladi.

Biyalar 25-50 ml, ayrim hollarda yirik biyalar 35-40 ml, tarkibida 7 mlrd. spermatozoidlar saqlagan sperma bilan urug’lantiriladi.

Ona cho’chqalar suyultirilmagan va suyultirilgan sperma bilan urug’lantiriladi. Spermatozoidlar konsentrasiyasiga qarab fraksion usulda suyultirilmagan spermadan 20-40 ml, suyultirilgan spermadan 40-50 ml dozada yuboriladi. Ikkalasida ham 1 ml spermadagi spermatozoidlar miqdori hisobga olinadi, ya’ni dozadagi ularning miqdori katta ona cho’chqalar uchun 3 mlrd, yosh cho’chqalar uchun esa 2 mlrd bo’lishi kerak.

Cho’chqalarni VIJ (nofraksion) usulida urug’lantirishda har bir kg tana vazniga 1 ml hisobida, maksimal (150 ml) dozada suyultirilgan sperma bachadonga yuboriladi. Bir dozada faol spermatozoidlar 4-5 mlrd. dan kam bo’lmasligi kerak.



Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling