16
• legioner yoki xorijlik mutaxassis bilan shartnoma imzolashdan avval futbol klubi
mazkur shartnoma loyihasini O‘FA bilan kelishishi
va shundan keyingina uni
imzolashi talab etiladi;
• futbol klubi legioner yoki xorijlik mutaxassis
bilan imzolangan mehnat
shartnomasini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi uchun O‘FA yuridik bo‘limi uning har bir
sahifasini muhrlagan hamda imzolagan bo‘lishi shart;
• ro‘yxatdan o‘tkazilgan legioner yoki xorijlik mutaxassisga musobaqalarda ishtirok
etish uchun litsenziya tegishli davlat organi tomonidan
chet el fuqarosiga
O‘zbekistonda mehnat faoliyati huquqini beruvchi
tasdiqnoma Ligaga rasman
topshirilganidan so‘ng beriladi.
13.2. Ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan legioner Liga tomonidan to‘rt toifa: oliy, birinchi,
ikkinchi va uchinchi toifaga ajratib olinadi.
Oliy toifa:
• Yevropa yoki jahon chempionatining final bosqichi doirasida maydonga tushgan
futbolchi;
• UEFA koeffitsientlar jadvalida dastlabki yetti o‘rinda borayotgan mamlakatlar oliy
divizionining yakuniga yetgan so‘nggi mavsumida
yoki davom etayotgan
mavsumida kamida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi.
Birinchi toifa:
• 2003-yil va undan keyin tug‘ilgan, so‘nggi ikki mavsum davomida o‘z mamlakati
terma jamoasining rasmiy musobaqalar doirasidagi o‘yinlarida eng kamida ikki
marta maydonga tushgan futbolchi.
Do'stlaringiz bilan baham: