19
14.13. Futbol klubi boshqa bir futbol klubiga bir mavsumning o‘zida 2 nafardan ortiq
bo‘lmagan futbolchini ijaraga berishga haqli.
14.14. Futbol klubi bir mavsum davomida umumiy hisobda 6 nafargacha futbolchini
o‘zi ishtirok etayotgan liganing boshqa klubiga ijaraga berishga haqli (2001-yil va undan
keyin tug‘ilgan futbolchilar mazkur limitdan mustasno).
14.15. Futbol klubiga ijara shartnomasi asosida kelib qo‘shilgan futbolchi o‘zining
asl jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishga haqli.
FIFA nizomidan kelib chiqib,
futbolchiga egalik qiluvchi klub shu futbolchini ikkinchi tomonga ijaraga berayotganda
mazkur qoidani chetlab o‘tishi mumkin bo‘lgan har qanday shart qo‘yishi taqiqlanadi.
14.16. U19 chempionatida kelishuv bitimi bilan ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi O‘FA va
hududiy assotsiatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda to‘p surishga haqli.
14.17. Futbol klubi U10, U12, U14, U16, ayollar U16 jamoasi uchun 20–22
nafar
futbolchini shu yosh toifasidagi musobaqaning alohida Nizomida ko‘rsatilgan
sanaga
qadar O‘FA ro‘yxatidan o‘tkazishi talab etiladi.
15-bob
Futbol klubi, klub rasmiylari hamda futbolchilar majburiyatini tartibga solish
15.1. Futbol klubi Reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanadi.
15.2. Futbol klubi vakili yuqori darajadagi intizom, tartiblilik, uyushqoqlik, o‘zaro va
tomoshabinlarga nisbatan
hurmatni namoyish etib,
mazkur Reglamentning barcha
talablariga rioya qilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: