Superliga va pro liga reglamenti
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Superliga va Pro liga Reglamenti 2023
17.7. Futbolchi shortisining o‘ng oyoq pastki qismida futbolchining futbolkasidagi
raqam balandligi 10–15 sm oralig‘ida aks ettirilishi talab etiladi. 17.8. Shu bobning 5, 6 hamda 7-bandlarida ko‘rsatilgan yozuvlar libos rangidan aniq farqlanishi hamda hamma uchun birdek ko‘rimli bo‘lishi shart. Bunda aralash rangli futbolkada yozuv alohida rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki futbolka ranglariga proporsional rangda ko‘rsatiladi. 17.9. Futbolkadagi barcha yozuvlar bir xil rangda bo‘lishi shart. Och rangli futbolkaga tilla rangda yozuv yozish taqiqlanadi. 17.10. U19 hamda U21 chempionatida ishtirok etuvchi jamoa libosi asosiy jamoaniki bilan bir xil bo‘lishi talab etiladi. 17.11. U19, U21 hamda asosiy tarkib futbolchilarining raqami bir-birini takrorlamasligi talab etiladi. 17.12. Xalqaro musobaqada ishtirok etadigan klubga ism yoki familiyani (taxallus) ingliz tilida yozishga ruxsat etiladi. 17.13. Futbol klubi ro‘yxatdan o‘tish oldidan Ligaga yangi mavsum uchun liboslarning 3D formatini taqdim etishi talab etiladi. Musobaqa startiga 10 kun vaqt qolgunicha klub futbolchilar va darvozabonlar libosining asosiy hamda rezerv ranglari haqida to‘liq axborot taqdim etishi shart. 17.14. Liga uchrashuv oldidan futbol klublari libosining rangini belgilashga haqli. Bunda Liga mezbon futbol klubining uy libosidan kelib chiqadi. 26 17.15. Darvozabon libosi ikki jamoa va hakamlar libosidan farqlanishi talab etiladi. 18-bob Futbol klubining OAV bilan ishlashini tartibga solish 18.1. Liga bosh axborot hamkorini belgilash huquqiga ega. 18.2. Futbol klubi o‘z rasmiy saytiga ega bo‘lishi shart. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling