19.6. Musobaqada faoliyat olib boruvchi hakamlar va nazoratchi uchun ikki
tomonlama yo‘lkira va yashash xarajatlari O‘zFHM tomonidan amalga oshiriladi.
19.7. Uchrashuv rasmiysining ovqatlanishi, kutib olinishi, kuzatilishi bilan bog‘liq
xarajatlar mezbon futbol klubi hisobidan amalga oshiriladi. Bunda uchrashuv
rasmiylarini kutib olish lokatsiyalari Liga Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan har bir klub uchun
alohida belgilab beriladi.
19.8. Musobaqada faoliyat olib boruvchi hakamlar hamda nazoratchi uchun xizmat
to‘lovlari O‘zFHM tomonidan amalga oshiriladi.
19.9. Liga Ijroiya qo‘mitasi badal to‘lovi, jarimalar bo‘yicha qarzdorlik,
shuningdek, legioner futbolchi va xorijiy mutaxassisni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun
belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki belgilangan muddatda to‘liq to‘lamagan futbol
klubini musobaqa qatnashchilari safidan chetlashtirishga, Liga esa bunday futbol
klubiga nisbatan transfer oynasi davomida yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq
qo‘yishga haqli.
19.10. Rasmiy uchrashuvga mezbonlik qilayotgan futbol klubi mehmon futbol
klubining rasmiy murojaatiga asosan kamida 100 ta bepul chipta ajratishi shart. Buning
uchun mehmon futbol klubi uchrashuv startigacha 24 soat vaqt qolganiga qadar mezbon
futbol klubiga rasmiy murojaat bilan chiqishi talab etiladi.
19.11. “Litsenziyalash reglamenti” talabiga ko‘ra, futbol klubi yilda ikki marta O‘FA
tomonidan jalb etilgan mustaqil auditor tomonidan audit tekshiruvidan o‘tkaziladi. Audit
xizmati uchun to‘lov futbol klub tomonidan qoplanadi.
20-bob
Liga komissarining musobaqadagi faoliyatini tartibga solish
20.1. Uchrashuvni tashkil etish va o‘tkazishni nazorat qilish uchun Liga tomonidan
komissar tayinlanadi.
20.2. Uchrashuvni boshlash yoki uni o‘tkazmaslik masalasi bevosita Liga
komissari tomonidan hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |