25
17.2. Futbol klubi har beshinchi chempionlik maqomini qo‘lga
kiritgach, klub
ramzining tepa qismida bir dona oltin yulduzchani aks ettirish huquqiga ega.
17.3. Futbolkaning o‘ng yengida Liga ramzi, chap yengida esa Liga titul homiysi
ramzi aks etishi talab etiladi.
17.4. Futbolka old tomonining yurak (markaz) qismida O‘zbekiston davlat bayrog‘i
aks etishi talab etiladi. Bayroq o‘lchami 24 sm
2
(4 sm x 6 sm) bo‘lishi lozim. Bunda bayroq
alohida ajralib turishi uchun uning atrofi oq chiziq bilan qoplanadi. Chiziq qalinligi 3 mm
bo‘lishi tavsiya etiladi.
17.5. Futbolka orqa tomonining tepa kurak qismida futbolka egasining ismi yoki
familiyasi (tahallus) o‘zbek lotin alifbosida yozilgan bo‘lishi talab etiladi.
Liga futbol
klubidan futbolchining ism yoki familiyasini o‘zbek tilida to‘g‘ri
yozishni talab etishga
haqli. Bunda ism yoki familiya balandligi 5-8 sm oralig‘ida hamda “Jersey M54” shriftida
bo‘lishi shart.
17.6. Futbolchining litsenziyasida ko‘rsatilgan
futbolka raqami uning
futbolkasining orqa tomonida — bel hamda kurak qismi oralig‘ida balandligi 25–35 sm
hamda “Jersey M54” shrifti bilan aks etishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: