Surunkali yallig'lanish


Download 0.79 Mb.
bet4/7
Sana18.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1099148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PATAN 7

FIBRINOZ YALLIG'LANISH


Fibrinoz yallig'lanish tomirlar devori o'tkazuvchanligi sezilarli darajada buzilgan mahallarda boshlanadi. Bunda endoteliyaro tirqishlar birmuncha keskin kengayadi, shu narsa yirik molekulali moddalar, jumladan fibrinogen ham kon okimidan ajralib chiqishiga imkon tug'diradi. Shu tariqa paydo bo'ladigan ekssudat fibrinogenga boy bo'ladi. Fibrinogen shikastlangan to'qimalarga duch kelganida fibringa aylanib qoladi. Fibrinoz yallig'lanish difteriya, dizenteriya, ya'ni ichburug' kasalligi, sil, uremiya, o'tkir revmatik perikardit mahallarida kuzatiladi. O'tkir revmatik kardit paytida fibrinoz perikardit paydo bo'ladi. Fibrinoz yallig'lanish asosan seroz va shilliq pardalarda, istisno tariqasidagina organning ichkarisida boshlanadi. Seroz pardalar yuzasiga fibrin tukli massalar (tuksimon) ko'rinishida cho'kib tushadi, bu massalar seroz parda bilan go'yo bitib ketgandek bo'lib turadi, shunga ko'ra seroz pardalar rangi xiralashib qoladi, masalan, fibrinoz perikardit, plevritda shunday bo'ladi. Fibrinoz perikardit mahalida yurak go'yo tukdor qoplama fibrin iplari bilan o'ralib qolgandek bo'ladi («tukdor yurak» deb shuni aytiladi), perikarditning ishkalanish shovqini paydo bo'lishiga asosiy sabab ana shu.
Shilliq pardalar yuzasiga fibrin sidirg'a parda ko'rinishida o'tirib qoladi (49-rasm). Bunday parda ba'zi hollarda yuzaga bo'shgina joylashgan bo'lib, osonlik bilan ajratib olinishi mumkin. Boshqa hollarda esa shilliq pardani teshgandek bo'lib, ichkariga chuqur o'tadi, shuning uchun ham pastda yotgan to'qimaga mahkam yopishib qolgan bo'ladi. Mana shu xususiyatlar epiteliyning turiga bog'liq bo'lib, fibrinoz yallig'lanishning ikki turini: krupoz va difteritik yallig'lanish xillarini tafovut qilishga asos beradi.



Yallig'lanish jarayoni prizmatik epiteliy bilan koplangan shilliq pardalarda boshlangan mahalda krupoz yallig'lanish yuzaga keladi, ya'ni fibrin cho'kib tushib, bo'shgina yopishgan yuza pardani hosil qiladi. Bu shunga bog'liqki, prizmatik epiteliy pastda joylashgan to'qima bilan bo'shgina bog'langan. Krupoz yallig'lanish me'da, ichak, traxeya, bronxlar shilliq pardasida kuzatiladi. O'pkada fibrin fibrinoz tiqinlar ko'rinishida alveolalar yo'liga o'tirib qoladi. Shunga ko'ra o'pka to'qimasi zichlashib, xuddi jigarga o'xshab turadi. Shilliq parda gungirtroq-kulrang tusga ki-rib qoladi, uning ustida paydo bo'lgan fibrinoz parda oson-lik bilan ko'chadigan bo'ladi. Zararlangan shilliq parda qalinlashib, bo'rtib turadi, fibrin qoplab olgani tufayli gungirt-kulrang tusga kirib qoladi. Fibrinoz parda ko'chib tushganida shilliq pardalarda fibrinoliz hodisasi boshla-nib, shilliq parda yuzasi chakalanadi. Difteritik yallig'lanish ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan shillik. pardalarda kuzatiladi. Ko'p qavatli yassi epiteliy biriktiruvchi to'qima bilan mahkam birikkan bo'ladi, shu munosabat bilan fibrin katlami ham shilliq pardaga mahkam yopishib turadi. Yallig'lanishning bu xilida shilliq parda bilan uning ostidagi pardalarda ancha sezilarli va chukur joylashgan nekrotik jarayonlar bo'lishi xarakterlidir. Fibrinoliz natijasida fibrin qoplami (pardasi) ko'chib tushib, chuqur yaralar hosil kiladi. Difteritik (soxtamembranoz) yallig'lanish bodomcha bezlari, og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach shillik pardasida kuzatiladi. U krupoz yallig'lanishga qaraganda og'irroq o'tadi va bir qancha asoratlar berishi mumkin, difteriya qo'zg'atuvchisi ajratib chiqaradigan ekzotoksin toksik shokka olib borishi va hayot uchun muhim organlarni zararlashi mumkin; difteriya kasalligida paydo bo'ladigan fibrinoz pardalar asfiksiya, ya'ni bo'g'ilib kolishga sabab bo'lishi mumkin.


Shilliq va seroz pardalarda boshlangan fibrinoz yallig'lanishning okibati har xil bo'ladi. Seroz pardalarda fibrinoz ekssudatning uyushish hodisasi ro'y beradi, natijada plevra bo'shlig'i, perikard bo'shlig'i bitib ketishi mumkin. Bunda hosil bo'ladigan bitishmalar o'pka, yurak faoliyatini izdan chiqaradi. Peritonit natijasida hosil bo'ladigan bitishmalar ichak tutilishiga va ichakda bituv kasalligi boshlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Shilliq pardalarda hosil bo'lgan fibrinoz parda fibrinoliz tufayli ko'chib tushib, shilliq pardada yara-chaqalar hosil bo'lishiga olib boradi, ularning chuqurligi fibrinning qancha ichkari o'tganiga bog'liq bo'ladi. Yara-chaqalar sohasida keyinchalik reparativ jarayonlar boshlanadi. O'pkada pnevmoniya esonomon o'tib ketadigan mahallarda fibrinoz ekssudat lizisga uchrab, so'rilib ketadi. Kamroq hollarda fibrinoz ekssudat uyushish hodisasiga uchrab, skleroz o'choqlarini hosil qiladi (o'pka karnifikatsiyasi).



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling