Surxondaryo viloyat Sariosiyo tumanidagi


Download 40.73 Kb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi40.73 Kb.
#243145
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5202035410770856553

Mukofotga”Volga”oldi

Salim bobo, brigadir.

Qaytar ekan,o’tmishini

Eslab qoldi negadir.

Omoch sudrab,qo’sh haydardi,

Azob edi u hayot.

Qarimasdi o’sha mahal

Qani,bo’lsa bitta ot!

Yurgan sari yuragida

Xotiralar ortardi.

Og’ir o’yin yuz ot kuchli

Volga” zo’rg’a tortardi.


74-mashq.Berilgan so’z shakllarini odatdagi tartibda va o’zgargan tartibda joylashtiring.
1.Insonga balo tildan kelur.

Tildan kelur insonga balo.

2.Kishining kamtarligi unga hurmat keltiradi.

Keltirar unga hurmat kishining kamtarligi .

3.Kishining boyligidan uning odobi yaxshidir.

Yaxshidir kishining boyligidan uning odobi.

4.Kishining qorni dushmanidir.

Dushmanidir qorni kishining.

5.Til sukuti inson salomatligidir.

Inson salomatligidir, til sukuti.


75-mashq shartiga ko’ra og’zaki bajariladi.Berilgan gaplarni o’qing.So’z tartibining o’zgarishi bilan yuzaga chiqayotgan uslubiy ma’nolarga e’tibor bering.
76-mashq ham shartiga ko’ra og’zaki bajariladi. Odatdagi tartibdan farqli qo’llangan gap bo’laklarini aniqlang.So’zlarning teskari tartibi natijasida yuzaga kelayotgan uslubiy ma’nolarni tushuntiring.
Bajarmoq so’zining sinonimlari o’rganiladi.

BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro q ilish va yakuniga yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi. Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos. Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi. O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi. Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli. Bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi. O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi.


Savol va topshiriqlar o’tkaziladi:

1. Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?

2.Gap bo’laklari tartibi qanday bo’ladi?

3.Oddiy tartib va o’zgargan tartib nima?

4.Mantiqiy urg’u nima?

5.Inversiya nima?

6.Oddiy so’zlashuv uslubida so’z tartibi qanday bo’ladi?
Darsni yakunlash.2 daqiqa

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi,kundaliklarga baho qo’yiladi.


Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish va 77-mashqni shartiga ko’ra bajarib kelish uyga vazifa qilib beriladi.2 daqiqa
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.ONA TILI 10-sinf darsligi,
2.O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami .Orzigul Hamroyeva.



Download 40.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling