Surxondaryo viloyat Sariosiyo tumanidagi


Keling fikrlaymiz. Topshiriq


Download 40.73 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi40.73 Kb.
#243145
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5202035410770856553

Keling fikrlaymiz. Topshiriq.

Mantiqiy urg’u olayotgan so’zlarni aniqlang.


O’g’il bekatda bir soatdan beri onasini kutardi.

Bekatda o’g’il onasini bir soatdan beri kutardi.

O’g’il onasini bir soatdan beri bekatda kutardi.

Bekatda onasini bir soatdan beri o’g’il kutardi.

Kutardi o’g’il bir soatdan beri onasini bekatda.
O‘zbek tilida gapda so‘zlarning odatdagi tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.
Zebi onasining nima deyishini oldindan bilardi.
Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya deb ham yuritiladi.Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi mumkin.
Masalan: Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. (A. Oripov)

Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir)


Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak kesimning oldiga olib o‘tiladi.
Masalan: Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (nodir kitobni o‘qish uchun, boshqa ish uchun emas);

Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi (do‘stim bordi, boshqa kishi emas);

Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (kutubxonaga, boshqa joyga emas);

Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas) kabi.


Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar bajariladi.15 daqiqa
73-mashq..Asqad Muxtorning“Mukofot” she’rini o’qing.O’zgargan so’z tartibini va undan ko’zlangan maqsadni aniqlang.


Download 40.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling