Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri
Download 1.87 Mb.
|
Umar magistr07
Avtomobil yо‘llari avtomobil transporti qatnoviga mо‘ljallangan muxandislik inshoati bо‘lib, u xaritada chiziqsimon tasvirlanadi. Ular shartli belgilar, turli ranglar yordamida ahamiyatiga qarab, turli yо‘llarga ajratiladi.
О‘zbekiston Respublikasi "Avtomobil yо‘llari tо‘g‘risida"gi Qonuniga kо‘ra avtomobil yо‘llari quyidagicha tasniflanadi: 1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‘llar; 2. Shahar va boshqa aholi punktlari kо‘chalari; 3. Xо‘jalik avtomobil yо‘llari. Umumfoydalanadigan avtomobil yо‘llari ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatli yо‘llarga ajratiladi13. Mamlakatlarni yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bо‘lgan yо‘llar adabiyotlarda xalqaro avtomobil yо‘llari deb yuritiladi. Davlat ahamiyatidagi yо‘llarga yirik sanoat markazlari, shuningdek muhim transport yо‘llarini, stansiyalarni va pristanlarni о‘zaro bog‘lovchi yо‘llarni kiritish mumkin. Mahalliy yо‘llarga esa viloyat, qishloq jamoasi, xо‘jaliklar qaramog‘idagi yо‘llar kiradi. Hozirgi О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida ajratilgan asosiy rayonlar о‘zlarining maydoni, demografik va ishlab chiqarish aloqalari bо‘yicha bir–biridan farq qiladi. Ularda transport tо‘ri, turi va tizimi ham bir xil emas. Binobarin, bunday hududiy tafovutlarni о‘rganish transport geografiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Jahondagi avtomobil yо‘llarning umumiy uzunligi 28 mln.km (qattiq qoplamali 14 mln.km. dan ortiq, 1990 y). XX asr boshida avtomobil yо‘llari О‘zbekistonda 27 ming km. yо‘l bо‘lib, asosan ot-ulov karvon yо‘llariga mо‘ljallangan. 1928-1932 yillarda republikada birinchi bо‘lib uzunligi 62 km. bо‘lgan qora qoplamali Buxoro-G‘ijduvon-Qiziltepa yо‘li, sо‘ngra Toshkent-Pskent, Qо‘qon-Andijon-Kuyganyor va boshqa yо‘llar qurildi. 1941 yilgacha uzunligi 708 km bо‘lgan Katta О‘zbekiston trakti, hashar yо‘li bilan Tо‘ytepa–Angren, Farg‘ona–Gorchakova kabi qoplamasi yaxshi yо‘llar qurildi. 1957 yilda uzunligi 240 km bо‘lgan Toshkent-Qо‘qon (Qamchiq davoni orqali) avtomobil yо‘llari foydalanishga topshirildi.14 О‘tgan asrning 60-80 yillarida Toshkent avtomobil xalqa yо‘li qurildi. Biroq ta’kidlash joizki, sobiq Ittifoq davrida О‘zbekistonda qurilgan avtomobil yо‘llar xalqaro andozalarga tо‘liq javob bermagan. О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng respublika birinchi prezidenti I.Karimov rahbarligida hukumat tomonidan mamlakatda ichki va tashqi transport kommunikatsiyasilarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlaboq, avtomobil yо‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan qо‘shni davlatlar va Jahon okeaniga chiqishni ta’minlaydigan eng qisqa va ishonchli transport yо‘llari barpo etishga kirishildi. Mavjud avtomobil yо‘llarini xalqaro andozalarga moslash, yо‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yо‘llar qurilishi, yirik shaharlarni ichki avtomobil yо‘llarini magistrallashtirish masalalariga e’tibor kuchaydi. 1993 yil fevralda О‘zbekiston avtomobil yо‘llarini qurish va undan foydalanish aksiyadorlik konserni ish boshladi. 2007 yil 2 oktabrda “Avtomobil yо‘llari tо‘g‘risida” О‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Sо‘ngi yillarda О‘zbekistonni Xitoyga chiqish imkonini beruvchi uzunligi 578 km. bо‘lgan Andijon–О‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yо‘lini ishga tushirishga xarakat qilinmoqda. Respublikaning о‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq davoni orqali bog‘laydigan avtomobil yо‘llari hamda Qо‘ng‘irot–Beynov avtomagistrali qurilishi mintaqalar rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatmoqda. Yо‘llarning uzunligi jihatidan Farg‘ona va Toshkent viloyatlari eng yuqori kо‘rsatkichga ega. Umumfoydalaniladigan avtomobil yо‘llarning umumiy uzunligi 43,3 ming km, jumladan 3,2 ming km xalqaro, 18,7 km davlat, 21,4 km. mahalliy ahmiyatga ega bо‘lgan yо‘llardir. Respublikada 1864 km. avtomobil yо‘llari birinchi toifaga kiradi. Mamlakatimizda О‘rta Osiyoda yagona bо‘lgan yer osti yо‘li yani metropoliten respublikaning poytaxti Toshkent shahrida joylashgan hamda poytaxt aholisini tashishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Toshkent metropolitenining qurilishi 1968 yilda boshlanib 1977 yili ishga tushirilgan. Hozirgi kunda yо‘llar uzunligi 37.5 km. ni tashkil etadi va 29 bekatdan iborat. Kunlik yо‘lovchilar soni – 180-200 ming kishi, yillik yо‘lovchilar soni esa 68 millionni tashkil qiladi. Ushbu Toshkent metropolitenda uchta liniya mavjud bо‘lib ular quyidagilar - Chilonzor; - О‘zbekiston; - Yunusobod kabi yо‘nalishlar faoliyat yuritayotgan bо‘lsa, yangi qurilayotgan hamda loyihalashtirilgan yо‘llar mavjud. Hozirda ushbu yо‘llarni о‘zaro biriktirgan xolda halqa metropolitenini qurish amalga oshirilmoqda. Jumladan, uning “Dо‘stlik” stansiyasidan Qо‘yliq dehqon bozorigacha bо‘lgan uchastkasi qurib bitkazildi. Ma’lumki, transport ham ishlab chiqarish, ham aholi hayotida muhim о‘rinni egallaydi. Uning ijtimoiy vazifasi juda muhim. Agarda, О‘zbekistonni jahon dengizlariga chiqishdan ikki karra tо‘silgan xolatda ekanini inobatga olsak, transport mamlakatimiz uchun juda katta ahamiyat kasb etishi ma’lum bо‘ladi. 1.1.-jadval Transport О‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida muhim о‘rinni egallaydi. Uning xissasiga yalpi ichki mahsulotning sal kam 12 foizi tо‘g‘ri keladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, transportning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi muttasil о‘sib borgan. Masalan, 1995 yillarda О‘zbekiston YAIMning atigi 1,1 % transport va aloqaga tо‘g‘ri kelgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich yillar davomida doimo о‘sib borib, 2017 yilda 11,4 %ga о‘sgan. О‘zbekistonda transportning quruqlik (temir yо‘l, avtomobil, quvur transporti), havo, suv (daryo) transporti kabi turlari rivojlantirilgan. 1.1.-rasm. О‘zbekiston transportining tarmoqlar tarkibi. Mazkur transport tarmoqlari turlicha rivojlanish jarayonlarini kechirgan hamda bugungi kunda ular turlicha hududiy tuzilishga hamda rivojlanish darajasiga ega. Transport tarmoqlari hozirgi kunga kelib turlicha ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning ichkarisida yuk va yо‘lovchi tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta. Binobarin, ushbu transportga “eshikdan-eshikkacha” tamoyili xos bо‘lib, hududining uncha katta bо‘lmaganligi sababli О‘zbekiston uchun mamlakat ichida ushbu transportning roli katta. Ammo, О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida temir yо‘l transporti asosiy о‘rinni egallaydi. Bir vaqtning о‘zida katta yuk kо‘tara olish qobiliyatiga hamda uzoq masofaga tashish imkoniyatiga ega bо‘lgan temir yо‘l transporti eksport va import yuklarni tashishda va yо‘lovchi tashishda ham yetakchilik qiladi. Yuqoriroqda ham aytib о‘tildiki, ilk tranport yо‘llari temir yо‘llar bо‘lib, ular Chor Rossiyasi tomonidan о‘lkani tabiiy boyliklaridan foydalanish maqsadlarida barpo etilgan edi. Sobiq Ittifoq davrida esa avtomobil transport yо‘llari barpo etildi. Shuningdek, mamlakatimizning ichki hududlari temir yо‘l hamda avtomobil yо‘llari tizimlari orqali о‘zaro yahlit organizm sifatida bog‘lanildi. Bular о‘z navbatida О‘zbekiston iqtisodiyotini tez shakllanib rivojlanishiga katta zamin yaratdi hamda ichki mintaqalararo ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirdi. 1.2-jadval Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling