Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi
Download 1.3 Mb.
|
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar
Xususan, savdo munosabatlari Qozog‘iston va O’zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. So‘nggi yillarda O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal sur’atda rivojlandi. Tashqi savdo, o‘zaro investitsiyalar va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish sohasidagi hamkorlikning hali foydalanilmagan salohiyati faol amalga oshirilmoqda. Masalan, 2021 yilning 10 oyi yakunlariga ko‘ra, O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo ko‘rsatgichlari sezilarli darajada – tovar aylanmasi 36,5 foizga, eksport 30,5 foizga, import 39,3 foizga o‘sgan. O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro savdo oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar, energiya manbalari va neft mahsulotlari, metallar va metall buyumlari kabi kengaytirilgan tovar guruhlari bilan ifodalanadi.Transport va kommunikatsiyalar, sanoatning kon qazish va qayta ishlash tarmoqlari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, kimyo va yengil sanoat, sog‘liqni saqlash va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaymoqda. Avtomobilda va temir yo‘llari orqali yuk tashish hajmlari oshmoqda. Aviaqatnovlar to‘liq qayta tiklandi, yangi yo‘nalishlar ochilmoqda. Yetakchi korxonalarimiz kooperatsiyani muvaffaqiyatli kengaytirmoqda. Keyingi yillarda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida qo‘shma korxona va loyihalar soni 6 barobarga oshdi.Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga uyushtirgan davlat tashrifi arafasida joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Turkiston shahrida O’zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda Hududlararo hamkorlik III forumi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat delegatsiyalariga O’zbekiston Bosh vaziri A.Aripov va Qozog‘iston Bosh vaziri A.Mamin rahbarlik qilishdi. Tadbirlarda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari va hududiy ma’muriyatlari rahbarlari ham ishtirok etdi.Bugungi kunda ushbu Hududlararo hamkorlik forumi O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda siyosiy-iqtisodiy hmakorlikning muhim instituti bo‘lib, o‘zini samarali davlatlararo maydoncha sifatida namoyon qildi. Masalan, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdoning 70 foizi O’zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi.Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling