Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgani ta’kidlandi. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi muloqotlar muntazam


Download 1.3 Mb.
bet8/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgani ta’kidlandi. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi muloqotlar muntazamlik kasb etgan.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyotini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Qozog‘istonda 2 yanvar kuni suyultirilgan gaz narxining keskin oshirilganligi sabab boshlangan norozilik namoyishlari bir necha kun ichida ommaviy tartibsizliklarga aylanib, mamlakatning boshqa hududlariga ham yoyildi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev amaldagi hukumatni iste’foga chiqardi va mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Davlat rahbari yordam so‘rab Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) murojaat qildi va aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi va bu mamlakatdagi inqiroz O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir qilishi mumkin. «Gazeta.uz» Qozog‘iston iqtisodiyoti va ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.

Qozog‘iston iqtisodiyoti

Hududiy jihatdan Qozog‘istonni G‘arbiy Yevropa bilan tenglashtirish mumkin, shunga qaramasdan Qozog‘iston dunyoda aholi zichligi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biridir. Jahon bankiga ko‘ra, Qozog‘iston Kaspiy dengizi orqali avtomobil, temir yo‘l va dengiz aloqalarini ta’minlagan holda, strategik jihatdan Xitoy va Janubiy Osiyoning yirik va tez rivojlanayotgan bozorlari bilan Rossiya va G‘arbiy Yevropa bozorlarini bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi.

Qozog‘iston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan beri o‘tgan davrda muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishdi, deya qayd etadi Jahon banki. Tarkibiy islohotlar, ko‘p sonli uglevodorod resurslaridan foydalanish, kuchli ichki talab va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga erishilgan jadal o‘sish mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishga va daromadi o‘rtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kirishga yordam berdi (O‘zbekiston 2030 yilgacha shunday mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirmoqda).


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling