Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Download 1.3 Mb.
bet11/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

O‘z navbatida, Qozog‘iston O‘zbekistonga don va un yetkazib beruvchi asosiy davlat hisoblanadi. O‘zbekiston Qozog‘istondan 2020 yilda umumiy qiymati 666,1 mln dollarlik, 2021 yilning 11 oyida esa 664,7 mln dollarlik don va don mahsulotlari (un, yorma) import qilgan. Bu O‘zbekistonga ushbu mahsulotlar importining qariyb 90 foizini tashkil etadi.

Neft va neft mahsulotlari (yoqilg‘i, moylash materiallari va boshqalar) xususida gap ketsa, O‘zbekistonga import qiymati 2020 yilda 174,5 mln dollarni (importning 21,6 foizi), 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida esa 206,5 mln dollarni (22,3 foiz) tashkil etgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston korxonalari Qozog‘istondan 2020 yilda 174,5 mln dollarlik (importdagi ulushi — 57,2 foiz), 2021 yilda esa 206 mln dollarlik (40,1 foiz) metall rudalari (temir, mis, nikel va boshqalar) sotib olgan. Cho‘yan va po‘lat importi hajmi mos ravishda 293,6 mln dollar (20,6 foiz) va 434,1 mln dollarni (23,9 foiz) tashkil etgan.

Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekistonga tirik hayvonlar yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. 2020 yilda tirik hayvonlar eksporti taqiqlangani sabab o‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘istondan atigi 6,3 mln dollarlik chorva mollarini olib kirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilning 11 oyida bu ko‘rsatkich 70,1 mln dollarga yetdi. Shu bilan birga, 30 noyabrdan boshlab Qozog‘iston yana olti oy muddatga qoramol eksportiga taqiq o‘rnatdi.

Bundan tashqari, qozog‘istonlik fermerlar ikki yildan kamroq vaqt mobaynida O‘zbekistonga 39,3 mln dollarlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari eksport qildi.

Qozog‘istonning asosiy eksport mahsulotlari qatoriga, shuningdek, rangli metallar (83 mln / 116 mln dollar), ko‘mir, koks va briket (80,5 mln / 49,7 mln), elektr energiyasi (17,7 mln / 16,2 mln), o‘simlik moyi (53,8 mln / 72,6 mln), yog‘li o‘simliklar va mevalar (35,7 mln / 41,6 mln), farmatsevtika mahsulotlari (2,3 mln / 19,5 mln), sut mahsulotlari va parranda tuxumlari (4,1 mln / 4,1 mln dollar) va boshqalar kiradi.


Sharqiy Qozog’iston va Semipalatinsk viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydoni 277 ming km kv.Aholisi 1772 ming kishi. Maydoni jihatidan Respublikadagi eng yirik rayon hisoblanadi.U Respublika umumiy maydoninig 10% ini egallaydi.Irtish daryosining yuqori qismida joylashgan.Sharqiy Qozog’istonning geografik o’rni juda qulay.Geografik o’rnining qulayligi shundan iboratki,rayon hududida polimetall rudali qazilma boyliklariga boy bo’lgan rudali va janubiy Oltoy tog’lari joylashgan.Oltoybo’yi,Irtishbo’yi cho’llari Respublikadagi eng yaxshi qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan rayon hisoblanadi.Irtish daryosi iqtisodiy rayon hududini janubiy-sharqdan,shimoliy-g’arbga tomon kesib o’tadi va u G’arbiy Sibirning neftga boy rayonlarini Qozog’istonnning temir yo’llari bilan bog’laydi.
Markaziy Qozog’istondan farq qilib,Sharqiy Qozog’iston tabiati juda xilma-xildir.Bu yerda tekisliklar,keng katlovinalar,tog’ oldi rayonlari va o’rtacha, baland tog’lar keng tarqalgan,Umuman Sharqiy Qozog’istonning tabiati bu yerda tog’-kon va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun qulay.Tog’dan oqib keluvchi arzon elektr energiyasini olish imkoniyatini beradi.Iqtisodiy rayonning qulay tabiiy sharoiti qora va kashtan tuproqlari dehqonchilikni,adir va tog’ yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish imkonini beradi.
Sharqiy Qozog’iston qurilish materiallariga boydir.Rayonda tosh,gips,bo’yoq olishda ishlatiladigan har xil materiallarga boy.Rayon uhdudida Zaysan,Markakul,Alakul va Sassiqko’llar joylashgan vaular baliq ovlash ahamiyatiga ega.Iqtisodiy rayonning shimoliy sharqi mineral tuzlarga,shu jumladan osh tuziga boy hisoblanadi.
Sharqiy Qozog’iston aholi soni jihatidan Respublika iqtisodiy rayonlari ichida oxirgi o’rinni egallaydi.Rayonda Respublika aholi zichligidan 115 yashaydi.Aholi zichligi Respublika aholi zichligidan biroz ko’p va u 1km kv ga 6,3 kishini tashkil qiladi.Aholi eng zich Rudali Oltoy,eng kam Oltoyning baland tog’ qismi hisoblanadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling