Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Download 1.3 Mb.
bet10/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

Bu davrda mamlakatga sovutish uskunalari (1,6 mlrd dollar), nasoslar, kompressorlar va ventilyatorlar (1,1 mlrd), dori vositalari (829,2 mln), telefon apparatlari (708,8 mln), quvur armaturalari (632,7 mln), suyuqliklar yoki gazlar uchun filtrlash uskunalari va qurilmalari (542 mln), yengil avtomobillar (495,9 mln), hisoblash mashinalari (412 mln) va boshqalar import qilingan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy aloqalari

mlrd dollar

Qozog‘iston bilan savdo aloqalari

2018

2019

2020

2021 yilning yanvar-noyabr oylari

Jami

2,9

3,3

3,0

3,5

O‘zbekistondan eksport

1,3

1,4

0,9

1,0

Qozog‘istondan import

1,6

1,9

2,1

2,5

Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aloqalariga oid ma’lumotlarni so‘rab murojaat qildi. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, 2020 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 mlrd dollarni, 2021 yilning 11 oyida esa 3,53 mlrd dollarni tashkil qilgan.




  1. BOB. Qozog‘iston — O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi

    1. Ikki davlatning emport- eksport strategiyasi

Qozog‘iston — O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy (17,7 foiz) va Rossiyadan (17,4 foiz) keyin 9,3 foizlik ulush bilan uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Tashqi savdo aylanmasining passiv balansiga qaramay, bu mamlakat strategik ahamiyatga ega tovarlar yetkazib beruvchisi va O‘zbekiston mahsulotlari eksporti uchun eng yirik bozorlardan biridir.

Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi tarkibida asosiy o‘rinni qishloq xo‘jaligi xomashyosi mahsulotlari egallaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston Qozog‘istonga umumiy qiymati 250,4 mln dollarlik jami 625,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan (bu meva-sabzavot eksportining deyarli 25 foizi, eksport geografiyasida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda — 255,4 mln dollar). 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida esa 175 mln dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning asosiy xaridori hisoblanadi. 2020 yilda umumiy qiymati 167,9 mln dollar (jami eksportning 80,4 foizi), o‘tgan yilning 11 oyida esa 290 mln dollarga (83,8 foiz) teng yengil avtomobillar eksport qilingan. O‘zbekiston ham Qozog‘istondan yengil avtomobillar sotib oladi — ikki yildan kamroq vaqt ichida avtomobillar importi hajmi 196,9 mln dollarni tashkil etgan.

O‘zbekistonlik eksportyorlar ham qo‘shni davlatga ichimliklar (2020 yilda — 10,2 mln dollar, 2021 yil yanvar-noyabrda — 10,9 mln dollar), metall rudalari va parchalari (27,4 mln/40 mln), birlamchi va birlamchi bo‘lmagan shakldagi plastmassa (43 mln / 44,3 mln), o‘g‘itlar (15,8 mln / 23,5 mln), cho‘yan va po‘lat (30,7 mln / 37,7 mln) to‘qimachilik ip va matolari (22,4 mln / 18,2 mln), kiyim-kechak mahsulotlari (21,5 mln / 30,5 mln), poyabzal (9 mln / 7,8 mln) va boshqalar yetkazib berishadi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling