Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi
Download 1.3 Mb.
|
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. Qozog‘iston va O’zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishi
Mamlakatlarimizning Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va mustahkam rivojlanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarning mos kelishi qayd etilib, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birlarining manfaatlarini hurmat qilish asosida mintaqalararo muammolar bo‘yicha o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilinmoqda.Biz O’zbekiston va Qozog‘istonning xalqaro siyosatning muhim masalalari bo‘yicha pozitsiyalarining yaqinligini, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga o‘zaro intilishlarini hamda xalqaro maydonda, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli aloqalarni jadallashtirishda maqsadlar mushtarakdir.Shu bois, O’zbekiston va Qozog‘iston ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar asosida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotik va qurollarning noqonuniy muomalada bo‘lishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik hamda boshqa xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashishda maslahatlashuvlar o‘tkazish orqali ikki tomonlama hamkorlikni izchil kengaytirmoqda .Gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. O’zbekiston va Qozog‘iston hududlarida istiqomat qilayotgan o‘zbek va qozoq diasporalari uchun ona tili, milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirish masalalarida qulay sharoitlar yaratilgan.BOB. Qozog‘iston va O’zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishiO’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaat haqida Pandemiya davrida davlatlarimiz bir-biriga qardoshlik yordamini ko‘rsatdi. Karantin cheklovlariga qaramay, ikki tomonlama savdo hajmlarining doimiy o‘sishini ta’minlashga, ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni tovar aylanmasiga jalb qilish orqali ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilishga hamda iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning uzoq muddatli shakllarini rivojlantirishga o‘zaro intilishlariga asoslangan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojining ijobiy tendensiyalari saqlanib qolmoqda. Masalan, joriy yilda tovar ayirboshlash rekord darajaga – 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling