Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi
Sutda mikroblar ko’payishining oldini olish
Download 89 Kb.
|
1363876488 42740
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sutni so’zish.
- Sutni sovutish.
Sutda mikroblar ko’payishining oldini olish. Sutni bakteriyalardan sovuq, yoki issiq ta‘siri bilan saqlash mumkin. Ammo shuni aytib o’tish kerakki, sutda uni muzlatishdan oldin mikroblar bo’lgan bo’lsa, sutni eritish va isitish paytida ular rivojlanadi. Sekin muzlatilish sutning tarkibidagi moddalarning o’zgarishiga olib keladi, tez muzlatish esa bunday o’zgarishlarni hosil qilmaydi. Sut –25 darajada saqlanganda o’zgarmaydi, undagi kimyoviy–fizikaviy jarayonlar to’xtaydi.
Issiq sovuqqa qaraganda boshqacha ta‘sir etadi va mikroorganizmlarni halokatga olib boradi. Shuning uchun issiq ta‘sir ettirib, sutni saqlash usullari ko’proq qo’llanadi. Ammo bunda mikroorganizmlar halok bo’lishi bilan birga sutning o’zi ham o’zgaradi. Uning tarkibidagi oqsil, yog’, vitamin va fermentlar ham o’zgarishga uchraydi. Bu o’zgarishlar issiq ta‘sir etish muddatiga va uning baland yoki past bo’lishiga bog’liq. Issiq qancha yuqori bo’lsa, sutning tarkibidagi moddalar shuncha ko’p o’zgaradi. Shularni hisobga olib, sutni sog’ishda tozalikka rioya qilish kerak. Sutni so’zish. Molxonada sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, sutga hayvonning juni, yem–xashak qoldiqlari, axlat, to’shama qismlari va ular bilan birga g’oyat ko’p mikroblar tushadi. Sut birinchi marta chelaklardan flyagaga quyilganda filtr orqali tozalanadi. Ikkinchi marta esa sutni fermadan jo’natilayotganda tozalanadi. Sutni tozalash uchun sintetik to’qima lavsan yoki enant qo’llanadi. Sutni sovutish. Yangi sog’ib olingan sut juda yaxshi antimikrobli xususiyatga ega. Sutga tushgan mikroorganizmlar soni qancha kam bo’lsa, sutning antimikrobli xususiyati ham shuncha uzoqqa cho’ziladi. Antimikrobli fazaning cho’zilishi sutni saqlash temperaturasiga ham bog’liq. Sutni sovutish uchun bir necha tanker va sovutish agregatlaridan iborat qurilmalar bor. Ammo sutni sovutishning eng oddiy usuli sut to’ldirilgan idishlarni betondan yasalgan ariqchaga yoki hovuzga qo’yishdir. Buning uchun sizot suvdan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Chunki sizot suvning temperaturasi odatda –10 daraja va undan ham past bo’ladi. Ariqchadagi suvning sathi flyagadagi sutning sathidan yuqori bo’lishi kerak. Flyaganing og’zi ochiq bo’lishi, sirtdagi gazlar chiqib ketishi kerak. Sutni jo’natishga qadar xo’jalikda maxsus vanna – tank, bak yoki flyagalarda sovutilgan holda saqlash lozim. Davlatga sotiladigan sutning temperaturasi +10 darajadan yuqori bo’lmasligi kerak. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling