Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi
Download 89 Kb.
|
1363876488 42740
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichak tayoqcha (esherxiya)
- Sutda har xil rangning hosil bo’lishi.
- 6.3. Sut orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishi.
- Sil (tuberkulyoz)
- Brutsellyoz
- Oqsil (yashur)
Mog’or zamburug’lar sutning sirtida rivojlanadi, uning yog’ini parchalab, achchiq ta‘m va dag’al xashak hidini paydo qiladi. Mog’or zamburug’larning sporalari sutga asosan o’simliklardan, paqir va boshqa uskunalardan tushadi. Zamburug’lar sutdagi kislota miqdori ko’paygandan so’ng rivojlana boshlaydi.
Ichak tayoqcha (esherxiya) sutga tushishi bilan laktozani parchalab, kislota va gaz hosil qiladi. Sut tezlik bilan iviydi, ammo sifati past bo’ladi. Gaz hosil bo’lgani uchun zichlangan massa parchalanadi, so’ng suyuqlashib ketadi. Ichak tayoqchasi bilan ifloslangan sutdan pishloq va boshqa sut mahsulotlari tayyorlab bo’lmaydi. Bunday sutdan pishloq tayyorlansa, uning ichida pufakchalar ko’p bo’ladi. Bu pufakchalar birlashib, katta bo’shliqlar hosil qiladi. Bunday mahsulot o’z sifatini yo’qotadi. Sutda har xil rangning hosil bo’lishi. Sutda har xil rangning hosil bo’lishi rang hosil qiluvchi bakteriyalarning rivojlanishi natijasida yuz beradi. Mastit (elin yallig’lanishi) sil, oqsil va boshqa kasalliklarda sut sariq yoki zangori rangni oladi. Kuydirgi kasalining oxirgi davrida, gemmoragik mastitda qizil rangli bo’ladi. Ba‘zi bir mikrokokklar va batsillalar sutning konsistentsiyasini o’zgartirib cho’ziluvchan va yopishqoq bo’ladi. Yelin yallig’lanishida esa pag’achalar hosil bo’ladi. 6.3. Sut orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishi. Yuqumli kasallikni qo’zg’atadigan mikroblar sutga kasallangan hayvonlar va odamlardan, sutni tashish yoki qayta ishlashda atrofdagi muhitdan tushadi. Sut orqali tarqaladigan mikroblar ikkiga bo’linadi: 1. Zoonoz, ya‘ni odam va hayvonlarga oid kasalliklarni qo’zg’atuvchilari. Bu gruppa mikroblarga sil, brutsellyoz, oqsil va boshqa kasalliklarni qo’zg’atuvchilar kiradi. 2. Ikkinchi gruppaga esa odamdan odamga o’tadigan kasalliklarni qo’zg’atuvchilar kiradi. Bular dizenteriya, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklardir. Sil (tuberkulyoz) surunkali yuqumli kasallik. Qo’zg’atuvchisi hayvonlarning suti bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda mikrobakteriyalar 10 kungacha, sariyog’da (sovuqda) 300 kungacha, pishloqda esa 200 kungacha o’z hayot faoliyatini saqlaydi. Yelin silida sut suyuqlashadi, ko’k–sariq rangni oladi. Bunday sutni iste‘mol qilish man etiladi va faqat qaynatishdan so’ng bo’rdoqi hayvonlarga ichiriladi. Brutsellyoz surunkali kasallik. Sovutilgan sutda brutsellalar 8 kun, muzlatilgan sutda esa 60 kun, bijg’itilgan sutda 4 kun, qaymoqda 10 kun va pishloqda to 40 kun hayot faoliyatini saqlaydi. +65 darajada 15 minutda, +70 darajada 5 minutda nobud bo’ladi. Kasallangan hayvonlarning suti +70 darajada 30 minut mobaynida pasterizatsiyalanishi shart. Oqsil (yashur) o’tkir, nihoyatda yuqumli, tez tarqaladigan kasallikdir. Yangi sog’ilgan sutda virus 12 soatgacha, sovutilgan sutda esa ikki haftagacha saqlanadi. Kasallangan hayvonlarning suti +80 darajada 30 minut davomida pasterizatsiyalanadi. Zararsizlantirilgan sutning yog’i olinib, kuydirilib sariyog’ qilinadi yoki hayvonlarga ichiriladi. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling