Sut yunalishidagi qoramol zotlari va ularning tavsifi


Download 185.86 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi185.86 Kb.
#1336474
1   2
Bog'liq
Сут йуналишидаги қорамол зотлари ва уларнинг тавсифи

Qoʻngʻir latish zoti
1 9-asr oxiri va 20-asrning boshlarida mahalliy latish mollarini angeln, shimoliy shlezvig va Daniya qizil zoti bilan chatishtirish natijasida yaratilgan.
Tanasi choʻziq, yagʻrini tekis, keng, koʻkragi chuqur, yelkasi va beli toʻgʻri, keng, dumgʻazasi uzun, toʻgʻri va keng, baʼzida osilgan boʻladi, orqa oyoqlari koʻpincha shamshir shaklida. Rangi qizilning turli tuslarida boʻladi. Tumshugʻining uchi, lunji, qulogʻi boʻyni, oyoqlari va dumining pastki qismi deyarli qora. Buqalarning tirik vazni 800-850 kg, sigirlarniki 500 kg. Yillik sut sogʻimi 3500-400 kg, sutning yogʻliligi 3,9-4,0%. Goʻsht chiqishi qoniqarli.
Qoʻngʻir latish zoti Latviya, Belorusda, Rossiyaning Pskov, Novgorod, Leningrad oblastlarida boqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi fermalarda ham shu zot boqilayotganini koʻrganmiz. Mutaxassislarimizning fikricha mahalliy sharoitga moslashishi darajasi qoniqarli.
Qizil dasht zoti

Qizil dasht zoti18-asrning oxirlarida Ukrainaning hozirgi Zaporojye oblastida yaratilgan. Bunda kulrang dasht zoti qizil ostfrislyandiya , qizil nemis, angeln va boshqa zotlari chatishtirilgan. 19-asrning oxirigacha Ukrainada “ichki” chatishtirish qoʻllangan, boshqa hududlarda ular mahalliy zotlar bilan chatishtirilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab zotni koʻpaytirish boʻyicha reja asosida ish olib borilgan. Bu zot sigirlarining konstitutsiyasi qotma, toʻla, mustahkam. Rangi qizilning turli tuslarida boʻladi. koʻpchilik sigirlarning boshi va tanasida oq qashqasi boʻladi. Katta yoshli nasldor buqalar 800-900 kg (baʼzida 1200 kg), sigirlar 450-550 (baʼzida 700) kg tosh bosadi. Yillik oʻrtacha sut sogʻimi 3800-4500 kg, sutning yogʻlilik darajasi 3,6-3,8%.


Bu zot sigirlari issiqqa yaxshi moslashgan, mahalliy sharoitga oson koʻnikadi. Asosan MDH davlatlari Yevropa qismining janubiy hududlari, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston.

adabiyotlar:



  1. “2004-2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish kontsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 476-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktyabrdagi qarori.

  2. Xakimov R. Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik mahsulotlari bozori va tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻnalishlari. -T.: TDIU, 2005, – 124 b.

  3. Ekonomika selskogo xozyaystva. Uchebnik, pod. red. Kovalenko N.Ya. –M.: YURKNIGA, 2004, — 392 st.

  4. Petranova G.A. Ekonomika i upravleniye v selskom xozyaystve. – M.: Akademiya, 2003, — 401 s.

  5. Popov N.A. Ekonomika selskogo xozyaystva. – M.: Delo i servis, 2002, — 367 s.

Download 185.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling