Suv o’tlari, zamburuglar, lishayniklar va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati Reja
‘simliklarda zamburugiar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar
Download 28.33 Kb.
|
zamburuglar
0‘simliklarda zamburugiar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar
Ko‘pgina patogen zamburug* turlari qishloq xo'jaligida hosildorlikning 70%gacha pasayib ketishiga sabab boiuvchi epidemiya tipidagi fitokasalliklami keltirib chiqaradi, ayrim holatlarda hosil butunlay nobud boiishiga olib keladi. Bunda pathogen zamburug' turi ta’sirida o‘simlikda ma’lum bir to'qimalar yoki organlar zararlanishi, shuningdek kasallik tizimli tavsifda ta’sir ko'rsatishi yoki butun o‘simlik organizmiga tarqalishi mumkin. Zamburug' infeksiyasi o'simlikning ayrim organlari yoki butun organizmini o'sish-rivojlanishdan to'xtatib qo'vishi va o'simlik butunlay nobud boiishi mumkin. Patogen zamburug’ gifasi o'simlik barg og'izchasi orqali yoki o'simlik poyasi va novdalaridagi jarohatlangan qismi orqali kiradi. Zararlangan o'simlikda patologik jarayonlar boshlanadi. Patogen zamburug' hujayrasi sintezlovchi ferment o'simlik organlari yuzasida kutikula qavatini buzuvchi ta’sir ko'rsatadi va zamburug' gifasining o'simlik to'qimalarining ichki qismiga kirishishi osonlashadi. Zamburug' mitseliysi o'sib-rivojlanadi va o'simlik hujayraiarining oraligida qoladi yoki hujayralar orqali ichki qismga kirib boradi. Ko'pincha parazit zamburugiar ixtisoslashgan gifa tarmog'i - gaustoriya hosil qiladi va bu tuzilma yordamida «xo'jayin» hujayra sitoplazmasiga kirib boradi va undan ozuqa moddalarni so'rib oladi Askomitsetturlari o'simlik turlarida kukunsimon mog'orlash, kashtan daraxtining qurib qolish kasalligi, majnuntol daraxtining golland kasalligi, olmaning qoraqo‘tir kasalligi, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli va silliq po‘stli shaftoli o‘simlik turlarining qo‘ng‘ir rangli chirish kasalligi kabi bir qator kasalliklami keltirib chiqarishi aniqlangan. Ushbu keltirilgan misolda zamburuq gifasi o‘simlik barg og‘izchasi orqali kirib borishi amalga oshadi Lishayniklar tanasi zamburug’ va suv o‘tlarining simbioz bir -biriga moslashgan holatda yashashi natijasida paydo bo‘lgan organizm bo‘lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zamburug’ lardan xaltachali, bazidiyali, suvo‘tlardan ko’k, yashil suvo’tlari vakillari kiradi. Zamburug’ gifalari bilan suv o’tini o’rab olib, u bilan birga o’sadi. Lishayniklar avtotrof o’simliklardir. Lishayniklar tashqi ko’rinishi jihatidan xilma-xil, ular kulrang, sariq, qo‘ng’ir, qizil ba’zan qoramtir ranglarda bo’ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi. Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling