Suv resurslarini boshqarish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
SXM qatnashchilari
SXM vazifalarining asosiysi bu aholining ichimlik-xo„jalik suv ta‟minoti bilan bog„liq. Suvdan foydalanishning bu turi kommunal-maishiy xo„jalik tizimi orqali amalga oshiriladi. 46 I. Shaxar va aholi punktlarini suv ta‟minoti (kommunal-maishiy xo„jalik SXM ishtirokchisi sifatida) Aholining toza ichimlik suvi bilan ta‟minlash – xukumatning asosiy va muxim vazifasi xisoblanadi. Toza ichimlik suvining bo„lmasligi – ko„pchilik kasalliklarga sabab bo„ladi, shu jumladan epidemiyalarga. Lekin, yer yuzining yarmida toza ichimlik suvi etarli emas. Shuning uchun, o„tgan asrning 80-yillari xalqaro ichimlik suv ta‟minoti va sanitariya o„n yilligi deb e‟lon qilindi. Buning mohiyati shundan iboratki, xar qanday sharoitda birinchi navbatda aholi toza ichimlik suvi bilan ta‟minlanishi kerak. Suv xo„jaligi amaliyotida kommunal-maishiy suv ta‟minoti eng yuqori – 97% ko„rsatgichni beradi. Kommunal-maishiy suv ta‟minoti – bu aholi tomonidan turli xil maqsadlarda ishlatiladan suvni zarur vaqtda, uzluksiz va etarli bosim bilan etkazib berishni ko„zda tutadi. Suv iste‟moli aholining kundalik etiyojlari bo„yicha quyidagicha tarqalish ko„rsatgichlariga ega: - aholining kommunal-maishiy suv ta‟minoti – 56% - ommaviy binolarga suv ta‟minoti– 17% - maxalliy sanoat ishlab chiqarishga suv ta‟minoti – 16% - yong„inga qarshi suv ta‟minoti – 3% - obodonlashtirish (ko„chalar, gazonlar, fontanlar) – 1% - boshqa extiyojlar – 7% Jami – 100% Xo„jalik-ichimlik suv ta‟minoti quyidagi tuzilmaga ega: - tayyor oziq-ovqatlar va ichimliklar – 30% - kir yuvish – 10% - xammomdan foydalanish – 30% - xojatxona – 30% Jami – 100% Katta shaxar kommunal-maishiy extiyojlari sutkasiga 600 litrgacha suv iste‟mol qiladi va quyidagicha sarf qiladi: - shaxsiy extiyojlarini ta‟minlash – 200 l. 47 - kommunal korxonalar ishlari uchun – 100 l. - shaxarda tozaligini ta‟minlash uchun – 100 l. - maxalliy axamiyatga ega korxonalar uchun – 200 l. Jami – 600 l. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling