Suv resurslarini boshqarish


 Havza darajasida suv resurslarini boshqarish manfaatlarining boshqa


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
srmf

5.5. Havza darajasida suv resurslarini boshqarish manfaatlarining boshqa 
darajalarda suv resurslarini boshqarish
manfaatlariga nisbatan ustunligi 
SXM ishtiroqchilari suvdan foydalanish tasnifi bo„yicha ikki guruxga 
bo„linadilar: 
- Suv iste‟molchilari; 
- Suvdan foydalanuvchilar. 
Yuqorida ta‟kidlanganidek suv iste‟molchilari suv miqdori va sifatiga ta‟sir 
o„tkazadilar. Suv iste‟molchilariga: kommunal-maishiy xo„jalik, sanoat, chorvachilik, 
issiqlik energetikasi, sog„liqni saqlash, baliqchilik xo„jaliklari misol bo„ladi.
Suvdan foydalanuvchilar esa suv ob‟ektining u yoki bu foydali xususiyatidan 
asosiy manbadan suvni olmasdan foydalanadilar.
Ushbu guruxlarni farq qiluvchi tomonlari: 
a) suvning manbadan olinishi 
b) suvning miqdoriga ta‟siri 
v) suvning sifatiga ta‟siri 
Gidroenergetikani ham ayrim mualliflar suvdan foydalanuvchilar guruhiga 
kiritadilar. Ma‟lumki GES daryoning katta suv sarfiga mo„ljallanadi. Bugungi kunda 
Gijroenergetika daryoning gidrografi, suvning sifatiga va miqdoriga, bug„lanishga, 
filtratsiya, haroratiga (kislorod rejimi buzilgan xolatda) ta‟sir qiladi. Jumladan suv 
tezligini pasaytirish bug„lanish va filtratsiyani jadallashtiradi. 
Birgina farq qoladi: 


68 
a) suv manbadan olinadimi? 
Sobiq ittifoq davrida to„rtta respublikaga Sirdaryo xavzasi bo„yicha yillik 
suvga bo„lgan talablar belgilangan. Norin kaskadi suv omborlari ish rejimi orqali 
suvga bo„lgan talablar qondirilgan. Gidrotexnik inshoatlari rejimi asosan irrigatsion 
rejimga asoslangan edi.
Mintaqadagi davlatlarning rivojlanish dasturlaridagi qarashlari asosan 
Toktogul suv ombori bo„yicha bir birlaridan farq qilardi. Qozog„iston va O„zbekiston 
suv omborini irrigatsiya rejimi va Qirg„iziston hamda Tojikiston esa energetik rejimi 
bilan qiziqardi. SHu munosabat bilan, Qirg„iziston tomonidan 1993 yildan boshlab, 
Toktogul suv ombori ish rejimi yoz faslida suv to„plash va qish faslida suvni 
chiqarishga yo„naltirildi. 
1994 yildan Sirdaryo suv oqimi rejimi muammosi davlatlararo kelishuvlar 
mavzusiga aylandi. Qozog„iston va O„zbekiston suv omborlarining irrigatsion 
rejimda ishlashi va Qirg„izistonning – yirik gidrotexnik inshoatlarning energetik 
rejimiga qiziqishlarini inobatga olib davlatlararo issiqlik-energetika almashinuvlari 
bo„yicha kelishuvlar ustida ishlar boshlandi. Qozog„iston, Qirg„iziston va 
O„zbekiston suv xo„jaligi va energetika ekspertlari ishchi guruxlari Sirdaryo xavzasi 
resurslaridan foydalanishning kompleks variantini tayyorlashdi, ular quyidali 
tamoyillarga asoslangan edi:
Qirg„izistonning Norin kaskadi inshoatlarida ishlab chiqaradigan 
elektroenergiyasi, davlatning yozgi elektr ta‟minoti ehtiyojidan orttirilib, Qozog„iston 
va O„zbekiston tomonidan teng xajmda sotib olinadi;
Buni amalga oshirishda badal sifatida Qirg„izistonning qishgi 
ehtiyojlarini qondirish uchun ko„mir, gaz va xakozolar jo„natiladi.
Mazkur Kelishuv Qozog„iston, O„zbekiston va Qirg„iziston o„rtasida 1998 yil 
17 martda imzolandi. Tojikiston mazkur Kelishuvga 1998 yil 17 iyunda qo„shildi. 
Bunday yondashuvda ekologik muamolar etarli darajada inobatga olinmagan, 
chunki Sirdaryoning yuz yillik tarixiy kuzatishlar ko„rsatgichlarning o„rtacha 
qiymatidan xozirgi qiymati minimal darajani ko„rsatmoqda. Boshqa tomondan, 
imzolagan tomonlarning sug„orish maqsadlaridagi suvga bo„lgan talablari faqatgina, 


69 
uchala tomon yonilg„i, elektroenergiya va ortiqcha elektr kuvvatini sotib olish 
bo„yicha shartlarni bajargan xollaridagina, ularning sug„orish maqsadlaridagi suv 
ta‟minoti talablari qondiriladi. Qabul qilingan shartlarni amalga oshirishdagi eng 
kichik xato yoki shartni buzilishi suv ta‟minotini barqarorligiga ta‟sir etadi. 
Kelishuvni amalga oshirish davomida 4 davlatlar o„rtasidagi irrigatsiya va energetika 
sohalarining manfaatlari qiyinchiliklar tug„dirmoqda va kelgusida tartibga solish 
masalalari qayta ko„rilishini talab etadi.
1992 yilgacha Amudaryo suv resurslarini taqsimlanishi Markaziy Osiyo 
davlatlari o„rtasida sobiq ittifoq “Melioratsiya va suv xo„jaligi” vazirligining Ilmiy-
Texnik Kengashining 1987 yil tasdiqlangan № 566 sonli Amudaryo xavzasida suv 
resurslarini mukammal foydalanish va muxofaza qilish Bosh Sxemasi asosida olib 
borilar edi. Bunda, yer usti suvlari taqsimoti davlatlar o„rtasida quyidagicha bo„lingan 
(Amudaryo oqimi bashoratidan kelib chiqib, foizda): 
Qirg„izston 0.6
Tojikiston 15.4
Turkmaniston 35.8
O„zbekiston 48.2
Xozirgi paytgacha limit tamoyili saqlanib kelmoqda, bunda Turkmaniston va 
O„zbekiston teng (50%/50%) xissaga ega, ya‟ni, Kerki gidropostiga keladigan suv 
oqimi ikki davlat o„rtasida teng bo„linadi. Ushbu kelishuv ikkala davlat raxbarlari 
tomonidan Turkmanistonning Chorjoy shaxrida 1996 yilda imzolandi. 
O„zbekiston va Turkmaniston davlatlarida suv kam sharoitlar quyi va tepa 
qismlarni suv ajratish muammolari kuzatiladi. Bundan tashqari, Amudaryo 
xavzasidan suvdan foydalanish jarayonida, suv ombori ichki tizimini to„ldirish, 
hamda, daryoda suv kam sharoitda suv olish inshootlarida qiyinchiliklari mavjud 
(Karshi, Amubuxoro, Xan-yob kanallari, suv olish Taxiatosh GRESi va h.o.). 
Bularning barchasi daryo yo„llarida barqaror xolatni yomonlashtiradi. Bu 
Amudaryoning oqimini prognozlash va tartibga solish usullarini ishlab chiqish 
bo„yicha izlanishlar olib borish muximligini bildiradi. 


70 
Mintaqaning suv taqsimoti davlatlararo muammosi Afg„onistonning suvga 
bo„lgan talabi oshishi bilan yanada jiddiy tus oladi. Yaqin o„tmishda, 
Afg„onistondagi siyosiy ishlari muammolari sababli, uning shimoliy valoyatlarida 
rivojdanish to„xtab qoldi. Xozirda ushbu mamlakat xududida ichki talablarga javob 
beradigan etarli suv resurslari zaxiralar mavjud, bu xozircha 2.0 km
3
/yil 
ko„rsatgichdan oshgani yo„q. Oldin, sobiq SSSR va Afg„oniston suv munosabatlari 
ikki tomonlama kelishuv (1946 y.) va Bayonnoma (1958 y.) orqali amalga 
oshirilarda. Kelgusida Afg„oniston mamlakatning shimoliy viloyatlarining ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanishi ko„zlab, o„zining xissasini ko„paytirishni talab etishi mumkin. 
Bu Pyandj daryosi, va shu kabi Amudaryo oqimini sezilarli darajasi o„zgartirishi 
mumkin.
Demak, xamkorlikni rivojlantirish mazmunida, suv iste‟moli muammolari 
bo„yicha quyidagi masalalarga e‟tibor berish talab etiladi:
Afg„oniston davlatning ustuvor qiziqishlarini xisobga olish;
Davlatlararo xavzalarning suv resurslari ekologik barqarorligini 
ta‟minlash choralarni xisobga olish, jumladan, Orolbo„yi zonalari hamda Orol dengizi 
sharoitida;
Suv resurslariga qaytgan suvlar ta‟siri, jumladan, drenaj oqimlarni daryo 
yoki tabiiy o„zanlarga tashlanishi;
Suv iste‟moli kvotalarining (limit) o„zaro, xammaga birdek foydali 
echimlarini ishlab chiqish;
Milliy va mintaqaviy miqyosda suv tejash tadbirlarini rivojlantirish;
Davlatlararo axamiyatga ega kichikroq bo„lgan daryolar xavzalaridan suvdan 
foydalanishni samaradorligini oshirish. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling