Suv resurslarini boshqarish
V-BOB XAVZA MIQYOSIDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
V-BOB XAVZA MIQYOSIDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH
Mintaqada barcha daryolar, ayniqcha Amudaryo va Sirdaryoda suvlarining sifati yomonlashishi kuzatildi. Yuqori oqimlarida suv mineralizatsiyasi 0.5-0.7 g/l, va quyi oqimlarida 1.0-1.5 g/l va dalalarda tuz miqdorini oshishiga olib keldi, bu o„z navbatida dalalardan sho„r yuvishga sarflanadigan sug„orish ishlariga qo„shimcha suv talab qiladi. O„zbekistonning umumiy 4.2 mln.ga sug„oriladigan maydonidan 75%i ya‟ni 3.2 mln.ga drenaj tizimini qurishni talab etadi, undan 2.8 mln.ga yerda gektarida kollektor-drenaj tizimi qurilgan, shu jumladan 580 ming gektarda – yopiq gorizontal drenaj va 413 ming gektarida – vertikal drenaj mavjud. 400 ming gektardan ortiq maydonda drenaj qurilish zarur. Drenaj tizimi mavjud 136.7 ming ga maydonning 29 ming km maydonida magistral va xo„jaliklararo kollektorlar, 107.7 ming km maydonda yopiq gorizontal drenaj qurilgan (sh.j.- 39.2 ming km yopiq gorizontal drenaj). 5.1 Suv resurslarini boshqarishning gidrologik, iqtisodiy, sotsial va siyosiy jihatlari Respublikada suv resurslarini boshqarish, taqsimlash, nazorat qilish va undan foydalanish quyidagi me‟yoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi: O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabr 1992 y.), O„zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” xuquqi (6 may 1993 yil, va 2009 yildagi qo„shimcha o„zgartirishlari bilan), Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3- avgustdagi № 385 sonli “Suvdan limit asosida foydalanish” to„g„risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 7 apreldagi № 174 sonli “O„zbekiston respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta‟minotining, davolash va madaniy-sog„lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvlarini muhofaza qilish zonalari haqidagi Nizomni tasdiqlash to„g„risida”gi qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi “O„zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste‟moli tartibi to„g„risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyunda “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste‟mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi to„g„risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 171-sonli qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi 176-sonli “Tomchilatib sug„orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug„orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida” gi qarori va boshqalar. Xususiy fermer xo„jaliklarini suv resurslari bilan ta‟minlanishini yaxshilash uchun nasos stansiyalarini, gidrotexnik inshootlarini, suv omborlarini, irrigatsiya va drenaj tizimlarini ta‟mirlashda bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga qaratilgan qarorlar ishlab chiqilgan. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling