Suv resurslarini boshqarish
“Qishloq xo„jaligi” vazirligi va “Melioratsiya va suv xo„jaligi” vazirligining
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
“Qishloq xo„jaligi” vazirligi va “Melioratsiya va suv xo„jaligi” vazirligining
birlashishi Qishloq xo„jaligi vazirligi va Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirligi sobiq sovet davridan to 1996 yilgacha aloxida vazirlik bo„lib xizmat ko„rsatishgan. 1996 yil oxirlarida Qishloq xo„jaligi vazirligi va Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirliklari birlashtirildi va yangi tuzilma asosida faoliyat yurita boshlashdi (5.1-rasm). Mustaqillik yillarida muzkur vazirliklar birlashtirilib suv resurslarini boshqarishda ma‟muriy-xududiy tizimdan xavzaviy boshqaruvi tizimiga o„tish bilan suv resurslarini boshqarish gidrografik tamoyillari asosida amalga oshirila boshladi. Suv resurslarini xavza boshqaruv tizimlari 2003 yilda barpo etildi. Ikkita vazirlikning 1997 yilda birlashuvi bir qancha yirik isloxotlar samarasining natijasidir. Vazirlar Maxkamasining 1996 yildagi № 419 sonli qaroriini bajarish uchun sobiq ikkita vazirliklarning (1927-1928 yillardan beri faoliyat yuritgan) birlashtirilishi va ularning o„rniga bitta Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi tashkil etilishi to„g„risida rasmiy e‟lon qilindi. Bundan tashqari, Qoroqalpog„iston Respublikasi Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi tuzilmasi Toshkent shaxridagi markaziy Qishloq va suv xo„jaligi vazirligining tasarrufiga o„tdi. Tashkiliy tizimda yana bir muxim o„zgarish 6 yil o„tgandan keyin yuz berdi. Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi, iqtisodiyot va moliya vazirliklari takliflari bilan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi №UP – 3226 sonli Farmonini bajarish maqsadida, hamda, O„zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi № 320 sonli qarorini bajarilishini ta‟minlab ma‟muriy-xududiy (viloyat, tuman) tizimdan suv resurslarini boshqarishda gidrologik tamoyillarga asoslangan xavza boshqaruvi tizimiga o„tildi. 10 ta bosh irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi va 1ta magistral kanallar boshqarmasi tashkil etildi. Irrigatsiya tizimlarini Xavza boshqarmasi (ITXB) Qishloq va suv xo„jaligining mintaqaviy bo„limlariga va xokimiyatlarga bo„ysunmaydi. Lekin, u Toshkentda joylashgan Qishloq va suv xo„jaligi vazirligiga (QSXV) Suv xo„jaligi Bosh boshqarmasiga bo„ysunadi. Suv resurslarini boshqaruvi QSXVning vazir o„rinbosarlaridan biriga topshiriladi. Mavjud 13 ta viloyatlardagi (shu jumladan Qoroqalpog„iston respublikasi) ma‟muriy-xududiy tamoyillarga asoslangan suv resurslarini boshqarish faoliyati endilikda 10 ta ITXB va 1 ta magistlar kanallar boshqaruviga o„tkazildi. 2004 yilda tuman miqyosidagi 163 suv xo„jaligi boshqarmalari va ularning bo„limlari vazifalari, gidrografik tamoyillarga tayangan 52 ta irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga o„tkazildi. Mamlakatda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va qishloq xo„jaligidagi isloxotlarini tezlashtirish maqsadida O„zR Prezidenti tomonidan 2003 yil 24 martida UP – 3226 sonli farmoni e‟lon qilindi, va bu masalada keyinchalik O„zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi №320 sonli qarori chiqdi. Unda ma‟muriy- xududiy tizimdan xavza boshqaruvi tizimiga o„tish bilan suv resurslarini boshqarish gidrografik tamoyillari asosida amalga oshirish tizim tasdiqlandi. O„zR Prezidenti farmoni va O„zR Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi farmon va qaroriga asosan quyidagi tuzilmalar tashkil etildi: 1. Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 2. Norin-Sirdaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 3. Sirdaryo-Sox Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 4. Quyi-Sirdaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 5. Chirchik-Oxangaron Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 6. Amu-Surxan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 7. Amu-Qashqadaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 8. Amu-Buxaro Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 9. Quyi-Amudaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi 10. Zarafshon Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling