Suv resurslarini boshqarish
Suv resurslarini boshqarishning ijtimoiy jihati
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orol dengizi xavzasi
- O„zbekiston Respublikasi
- Suv resurslarini boshqarishning siyosiy jihatlari
Suv resurslarini boshqarishning ijtimoiy jihati
Markaziy Osiyoda maishiy extiyojlarga va sug„orish ishlariga suv resurslaridan foydalanish azaliy qadimlardan amalga oshirilmoqda. Sug„orma dehqonchilik 19- asrdan boshlab kengaygan va aholi sonini ko„payishi, sanoat rivojlanishi va paxtachilikni rivojlanishi tufayli sug„orma dehqonchilik faoliyati doirasining ko„lami va qo„shimcha yerlar o„zlashtirilishi 1956-1990 yillarda keng yoyildi. Orol dengizi xavzasida umumiy aholi soni 2000 yilda 41.78 mln kishini tashkil etgan, undan 63.3% i qishloq joylarida yashagan (javdal 5). So„nggi besh yilda yillik o„rtacha aholi soni o„sishi ko„rsatkichi 1.5%, O„zbekistonda 2.2% va Qozog„istonda 0.4% ni tashkil etadi. Bugungi kunda mintaqada 60 mlndan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Orol dengizi xavzasida aholi sonini tarqalishi 5.1-jadval Davlat Aholi (2000 yil) Umumiy Shahar Qishloq Yashovchilar soni % 1 km 2 da yashovchilar soni Yashovchilar soni % Yashovchilar soni % Qozog„iston* 2733400 6,5 7,9 1516360 45,5 1517040 55,5 Qirg„iziston* 2576600 6,2 20 687950 26,7 1888650 73,3 Tojikiston 6199000 14,8 42,8 1642000 26,5 4557000 73,5 Turkmaniston 5369000 12,9 9,8 2362360 44 3006640 56 O„zbekiston 24900000 59,6 54,6 9290000 37,3 15610000 62,7 Orol dengizi xavzasi 41778000 100 26,9 15198700 36,4 26579300 63,6 *) faqat Orol dengizi xavzasidagi xududlar kiritilgan Javdalda Orol dengizi xavzasida aholi sonining zichligi keltirilgan. Janubiy Qozog„istonda zichlik eng kam (1 km 2 maydonda 7.9 kishi), va eng yuqori zichlik O„zbekistonga (1 km 2 maydonda 51,7 kishi) to„g„ri kelmoqda. Ba‟zi joylarda (Farg„ona vodiysi, Xorazm vohasi, Zarafshon vodiysi) bu ko„rsatgich 1 km 2 maydonda 700-800 kishiga to„g„ri keladi. Qishloq xo„jaligi xozirgacha aholining bandlik masalasi bo„yicha asosiy soxa xisoblanadi. Aholining 63%i qishloq joylarida yashaydi, va ulardan 25-60%i qishloq xo„jaligi faoliyati bilan shug„ullanadi. Aholining turli sohalarda bandligi 10.2 jadvalda keltirilgan. Ma‟lumki, kelajakda Orol dengizi xavzasi aholisining farovonligi bog„liq bo„lgan, qishloq xo„jaligi sohasi asosiy ish faoliyat soxasi o„rnini egallaydi. Markaziy Osiyoning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo ko„p yillik suv oqimi o„rtacha miqdori bo„yicha 116 km 3 (mos ravishda 78 va 38 km 3 /yil) mintaqaning beshta davlatlari tomonidan turli extiyojlari uchun foylanib kelinmoqda. Orol dengizi havzasida suvdan foydalanish ko„rsatkichlari va kutiladigan suvga bo„lgan talablari (mln.m 3 ) 5.2-jadval Davlat B axol an is h dav rl ar i Iqtisodiyot tarmoqlari Umumiy Ma ishi y suv ta ‟m ino ti Q ishl oq xo „da li gi su v ta‟ m inot i Sanoat suv ta ‟m ino ti B al iq chi li k Sug„or m a deh fonch il ik B oshqa lar Qozog„iston 1990 21, 131 275 111 10136 451 11317 1999 102 64 60 50 7959 0 8235 2010 384 229 474 341 10935 600 12963 Qirg„iziston 1990 94 70 68 0 4910 13 5155 1999 100 61 42 5 4648 0 4856 2010 352 266 315 0 7820 17 8770 Tojikiston 1990 485 696 607 0 11221 374 13383 1999 436 615 931 0 10150 389 12521 2010 770 650 1400 500 10380 600 14300 Turkmaniston 1990 121 70 126 35 24416 2 24770 1999 520 180 235 58 17082 0 18075 2010 1100 270 1150 400 25225 0 28145 O„zbekiston 1990 2051 819 1260 783 58338 0 63271 1999 3259 1200 1070 582 56660 62 62833 2010 5850 1630 1460 2240 48020 0 52200 Orol dengizi xavzasi bo„yicha 1990 2964 1806 2336 929 109021 840 117896 1999 4417 2120 2338 695 96499 451 106520 2010 8456 2945 4899 3481 102380 1217 123378 Orol dengizi xavzada iqtisodiyot tarmoqlari bo„yicha aholining bandligi 5.3-jadval Davlat Umumiy aholi soni, ming kishi Umumiy band aholi soni, % SHu jumladan (umumiy band aholi %% da) Sanoat va qurilish Qishloq xo„jaligi va baliqchilik Xizmat ko„rsatish sohasi 1997 2000 1997 2000 1997 2000 1997 2000 1997 2000 Qozog„iston* 2686 2733,4 34,3 35,2 18,3 19,3 24 25,3 57,7 55,4 Qirg„iziston* 2523 2576,6 32,8 33,4 13,5 14,1 47,4 47,9 39,1 38 Tojikiston 5969,7 6199 27,5 28,1 12 14,6 63,1 56,5 24,9 28,9 Turkmaniston 4628 5369 34,7 35,6 47 43,7 26 27,7 27 28,6 O„zbekiston 23444 24900 35,4 36,1 19,1 20,4 40 38,6 40,9 41 *) faqat Orol dengizi xavzasidagi mintaqalari kiritilgan Ko„rsatgichlar O„lchov birligi Yillar 1960 1970 1980 1990 1995 1999 2000 Orol dengizi xavzasi Aholi mln.kishi 14.1 20.0 26.8 33.6 36.1 40.7 41.5 Sug„oriladigan yer maydoni ming.ga 4510 5150 6920 7600 7900 7990 7990 Umumiy olingan suv km 3 /yil 60.61 94.56 120.69 116.27 105.08 104.09 105.0 Sh.j. sug„orishga km 3 / yil 56.15 86.84 106.79 106.4 96,72 94,66 1 ga maydonga suv olish solishtirma miqdori m 3 /ga 12450 16860 15430 14000 12243 11850 Solishtirma suv olish miqdori yiliga m 3 /kishi 4270 4730 4500 3461 2910 2557 2530 O„zbekiston Respublikasi Aholi mln.kishi 8.39 11.8 15.79 20.32 22.56 24.23 24.49 Sug„oriladigan yer maydoni ming.ga 2710 2846 3517 4200 4220 4235 4235 Umumiy olingan suv km 3 /yil 30.78 48.06 64.91 63.61 54.52 52.83 48.0 Sh.j. sug„orishga km 3 / yil 27,9 43.45 55,51 58,156 49,02 46,7 42 1 ga maydonga suv olish solishtirma miqdori m 3 /ga 10295 15267 15783 13846 11616 13388 11093 Solishtirma suv olish miqdori m 3 /kishi /yiligi 3670 4072 4110 3130 2403 2593 1960 Suv resurslarini boshqarishning siyosiy jihatlari Barcha mamlakatlar konstitutsiyasida, shu jumladan Markaziy Osiyoga kiruvchi beshta mamlakatlar konstitutsiyalarida, jamiyatning va iqtisodiyot talablariga kerak bo„lgan suv resurslari bilan ta‟minlash to„g„risida yozilgan, undan tashqari suv bu oziq-ovqat ta‟minoti va aholining ashashi uchun asosiy omil xisoblanadi. Lekin mamlakatlarda suv resurslarini boshqarishdagi munosabat turlichadir. Batafsil ma‟lumotlar keltirishdan cheklangan xolda, ma‟lum bir siyosiy jihatlariga to„xtalib o„tamiz. Suv resurslarini shakllantirish, saqlash va yaxshilash, hamda shaxarlararo, viloyatlararo suvni taqsimlash shubxasiz davlat organlari bajarishi kerak bo„lgan vazifalarga kiradi. Lekin davlat boshqa siyosiy vazifalarni ham bajaradi. Suv resurslarini boshqarish bir nechta ierarxiya darajalariga ega bo„lib, va ular xar xil o„rnatiladi. Milliy miqyosda Viloyat Xavza yoki sub-xavza Tuman Tizim Foydalanuvchilar SIU va foydalanuvchilar 5.1-rasm. Boshqaruvning birinchi tamoyili – ma‟muriy xisoblanib u ko„pchilik davlatlarda muvjud. Mazkur tamoyilning kamchiligi ma‟muriy chegaralarning suv xavzalari chegaralari bilan mos kelmasligi bilan bog„liq. Bunday xolatda suv resurslarining turli birlashmalar o„rtasidagi notekis taqsimoti, ma‟lumotlar ta‟minotini susayishi va umuman suvni boshqarish amallarini yomonlashuviga sabab bo„ladi. Ikkinchi tamoyil – gidrografik tamoyil xisoblanib, bunda suv resurslarini boshqarish xavzalar, tizimlar bo„ylab amalga oshirilib, viloyatlar va tumanlar vakillari tomonidan demokratik asosda bajariladi. Mazkur tamoyil dunyo bo„ylab ma‟qul topilgan. Davlatlar suv resurslarini boshqarishda muxim va asosiy tamoyilni topishlari zarur, va bu tamoyil davlatlararo miqyosda “maqbul siyosiy muhit” yaratishga xizmat qilishi kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling