Suv resurslarini boshqarish
Shuni takidlash kerakki, xavza miqyosida suv resurslarini boshqarishni
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Shuni takidlash kerakki, xavza miqyosida suv resurslarini boshqarishni
barqaror rivojlantirish masalasi quyi miqyosda suv resurslarini boshqarish masalalaridan ustun turadi. 5.2 Qishloq va suv xo„jaligi sohasidagi islohotlar Sobiq sovet ittifoqidan ajralgan mustaqil davlatlar orasida O„zbekiston yirikligi bo„yicha beshinchi o„rinni egallaydi, va iqtisodiyotda muxim o„rin egallab kelmoqda, ayniqsa paxta sanoati bo„yicha. Sovetlar “butunittifoq” institutini tashkil etishgandan keyingi respublikalar bo„ylab ular butun bir nazorat tizimini yo„lga qo„yishdi va doimiy ravishda Moskvada joylashgan vazirliklar birlashmalariga ularni bog„lab qo„yishdi. O„zbekiston 1991 yilda mustaqillikga yerishdi. Sobiq sovet tizimini qulashi bilan sekin asta Orol dengizi xavzasi jamiyati yashovchi ideologik qobiq yo„qoldi. Barqaror rivojlanishga qaratilgan qaror qabul qilish imkoni yangi mustaqil davlatlar xukmiga o„tdi. Yosh mustaqil davlatlarning, markazlashgan boshqaruv tuzilmalarii yo„qolgtilgandan keyingi, eng oqilona qarorlaridan biri bu ularning suv resurslarini boshqarishning mukammal tizimini asrab qolishganlaridir. Orol dengizi muammolari bo„yicha davlatlararo kengash huzurida Barqaror rivojlanish bo„yicha davlatlararo komissiya (BRDK) va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo„jaligi komissiyasi (DMSXK) tashkil etilishi xavzada jiddiy muammolarsiz, atrof-muhitda yaxshi sharoit saqlab qolishda suv resurslaridan xamjihat foydalanishga imkon yaratdi. Sobiq sovet tizimidan keyin o„tgan yillar qabul qilingan qarorlar naqadar to„g„riligini ko„rsatdi. Siyosiy nuqtai nazardan 1991 yil nafaqat mustaqillikga erishgan yil balkim, o„z-o„zini anglashni boshlanishi davri xisoblanadi. Davlat isloxatlari dasturi, o„zida ikki kismni ya‟ni qonunlar, institutlar barpo etish hamda tarkibiy tuzilmalarda o„zgartirishlar kiritishlar bo„g„inlarini o„z ichiga olgan. Birinchi qism, 1992 yilda boshlangan va 1994 yilda tugatilgan. Unda aholini yashash joylari bilan ta‟minlashda uy-joylar qurilishlariga sharoitlar yaratish, kichik tadbirkorlik va xizmat ko„rsatish sohalarini rivojlantirishga aloxida e‟tibor berildi. 1994 yilda qishloq xo„jalik sohasida isloxatlar va o„zgartirishlar boshlandi. Dastlab barcha sovxozlar oilaviy kooperativ pudratlarga aylantirildi. 1994 yil o„rtalarida dasturning ikkinchi qismida iqtisodiy isloxatlar boshlandi. Ikkinchi bosqichda davlatning mol- mulkini xususiylashtirish, ko„p-tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish, soliq tizimini yaxshilash, tashqi iqtisodiy faoliyatini, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish va inflyasiyani kamaytirish maqsadida mikroiqtisodiyotni turg„unlashtirishga qaratilgan tadbirlarga urg„u berilgan. Ikkinchi bosqichda undan tashqari o„zini-o„zi ta‟minlash maqsadida g„alla, energetika va neft maxsulotlarini olish kabilarni masalalarga alohida e‟tibor qaratildi. Ikkinchi bosqichning muxim o„ziga xosliklaridan yana biri bu xususiy fermer xo„jaliklarida siljish ishlari amalga oshirilgani bo„ldi. Respublika xozirda ham paxta ishlab chiqarish bo„yicha katta o„rin egallaydi. Mamlakatda paxta etishtirish bilan birga atrof-muhitni muxofaza qilish, ko„p suv talab qiladigan ekinlarni kam suv talab qiladiganlariga almashtirish hamda suvdan ratsional foydalanishga va boshqarishga katta e‟tibor beraldi. Respublikada 1990- 2010 yillar davomida suv resurslaridan foydalanish va boshqarish samaradorligi oshirish, sug„orishni texnik va texnologiyasini yaxshilash, ko„p suv talab qiladigan ekin maydonlarini kamaytirish bo„yicha keng miqyosdagi va mukammal vazifalar bajarildi (shu vaqt mobaynida paxta etishtirish 20%ga kamaytirilib o„rniga g„alla va boshqa turdagi ekinlar ekildi), hamda suv xisobini yuritish, institutsional, xuquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-ekologik ta‟sir etuvchi vositalarni rivojlantirish vazifalari bajarildi. Natijada respublika bo„yicha daryolardan olinayotgan suv miqdori 64 km 3 /yildan 51 km 3 /yilga (21%) kamaytirildi, xar bir ga erga beriladigan solishtirma suv sarfi 50 % ga qisqartirildi. Shunday bo„lsada mazkur murakkab yo„nalish doimiy e‟tibor ostida bo„lishi lozim. Xozirda suvdan foydalanish samaradorligini doimiy oshirib borish bilan bog„liq ulkan vazifalar kun tartibida turibdi. O„zbekiston aholisining kattagina qismining daromad manbai qishloq xo„jalik soxasidan keladi. Soxa iqtisodiy, sanoat va ijtimoiy xizmat ko„rsatish soxalarini xam qamrab oladi. Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish davlatning oldiga qo„ygan muxim vazifalaridan biridir. Qishloq xo„jaligida bir qancha tashkiliy shakllanishlar amalga oshirildi. Vazirlik va muassasalar qayta shakllantirildi yoki yangi bo„limlar kiritildi. Ba‟zi holatlarda vazirliklar tarqatilib, boshqaruvni detsentralizatsiya qilindi, yoki uning vazifalarini boshqa vazirliklar topshirildi. Bunday qayta tashkillashtirish ishlari qolgan hamma davlatlar vazirliklarida ham ro„y berdi. Quyida bir nechta muxim o„zgarishlarga misollar keltirilgan: - Yer resurslari davlat qo„mitasi (Goskomzem)ni barpo etilishi va «O„zgeodezkadastr» bosh boshqarmasi belgilangan tartibda O„zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo„mitasini yer resurslarini o„rganish, yer tuzish, yer monitoringini va davlat yer kadastrini yuritish bilan bog„liq maxsus tadqiqotlar va izlanishlarni, loyihalash hamda boshqa ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan aerokosmik suratga olish materiallari, turli masshtabdagi xarita-kartografiya asoslari, topografiya ishlari va ma‟lumotlari bilan ta‟minlaydi; - Suv-yer resurslaridan foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilish masalalari bilan shug„ullanuvchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Agrar va suv xo„jaligi masalalari qo„mitasi va ekologiya qo„mitalarining tashkil etilishdi; - Qishloq va suv xo„jaligi masalalariga qaratilgan Prezident qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Nizomlari qabul qilindi, suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish nazorat qilish muammolarining echimlari bo„yicha Respublika Kengashi tashkil etildi. Kengash qishloq va suv xo„jaligi masalalari bo„yicha davlat siyosatida ustunlik darajaga ega vazifalarni ishlab chiqish, qishloq va suv xo„jaligi muammolari echimlariga qaratilgan davlat miqyosidagi loyihalarni ishlab chiqish bilan shug„ullanadi; - 1997 yilda Qishloq xo„jaligi va Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirliklari birlashtirildi. Qishloq xo„jaligida reformalar 1994 yildan beri davom etmoqda, qishloq xo„jaligida 95% suv resurslarini iste‟mol qiluvchi sug„orma dexqonchilikda va suv xo„jaligida asosiy islohatlar 1995 yildan boshlandi. Suv resurslaridan foydalanish, rejalashtirish va sug„orma kanallarni boshqarish 1996 yilgacha sobiq Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi bo„limlar tomonidan bajarilib kelgan bo„lsa 1997 yildan boshlab bu vazifalar Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi va uning bo„limlari tasarrufiga o„tkazildi. Bunday isloxatlarning davom etishi fermer xo„jaliklari orqali sug„orma erlarni uzoq- muddatda o„zlashtirilishiga olib keldi, va bitta shirkat xo„jaligi o„rnida yuzlab xususiy xo„jaliklar barpo etildi. Bu o„z navbatida, respublikada suv resurslari tizimida bir qancha tuzilmaviy o„zgarishlarni talab qildi. Bir nechta muammolar o„z echimini talab qildi. Bular orasida, jumladan: 1) suv taqsimotining samarasizligi; 2) byudjet bilan bog„liq muammolar va 3) suvdan foydalanuvchilar sonining keskin o„sishi. Suv xo„jaligi sohasidagi birinchi siyosiy isloxot amalga oshirilishi 1999 yilda suvdan foydalanuvchilar uyushmasini (SFU) tashkil etish bilan boshlandi. Suv sektorida 1999 yilda boshlangan isloxatlarga ulangan xolda davlatning ikkinchi isloxati bozor iqtisodiyoti tamoyillarini suv resurslari sektoriga tadbiq etishga qaratilgan edi. 1999 yilda amalga oshirilgan o„zgarishlar – minglab yakka xo„jalikdar barpo etilishi, va qolgan kichik xo„jaliklar o„rtasida suv resurslarini taqsimlash mexanizmini yaratishga extiyoj tug„dirdi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling