Suv resurslarini boshqarish
Suv manbalarining foydali xossa va xususiyatlaridan foydalanadigan
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Suv manbalarining foydali xossa va xususiyatlaridan foydalanadigan tarmoqlar Suv manbasining turli foydali xossa va xususiyatlaridan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlarida va maqsadlarda foydalaniladi: 1. Kommunal ro„zg„or xo„jaligi; 2. Sanoat – (ashyo ishlab chiqarish vositasi, gidrotransport, imoratlarni sovutish va isitish, ko„kalamzorlashtirish, ishchilarni suv bilan ta‟minlash va shunga o„xshash maqsadlar) ; 3. Qishloq xo„jaligi – (o„simliklarning fiziologik talabini qondirish, sho„r yuvish, chorva va yaylovni suv bilan ta‟minlash, qishloq xo„jaligi mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi korxonalarni, ustaxona va qishloqlarni suv bilan ta‟minlash kabi maqsadlar); 4. Energetika – (gidroelektr stansiyalarni ta‟minlash, issiqlik elektrostansiyalarda bug„ qozonlarini ta‟minlash, stansiya agregatlarini sovutish kabi maqsadlar); 5. Baliqchilik – (tabiiy suv manbalari tartibini (rejimini) va sifatini baliqchilik talablariga moslashtirish, sun‟iy suv havzalarini suv bilan ta‟minlash) ; 6. Suv transporti- (Suv transporti vositalarini suv bilan ta‟minlash va ularning harakati uchun zarur gidrologik tartibni tashkil qilish maqsadlari) ; 7. YOg„och oqizish; 8. O„t o„chirish; 33 9. Ekologiya va sanitariya – (suv manbalari, aholi yashaydigan maskanlar, ishlab chiqarish korxonalarida zarur ekologik tizimni va sanitariya holatini saqlash maqsadlari); 10. Sog„liqni saqlash – (fizioterapevtik shifoxonalar, sanatoriya va kurortlarni shifobaxsh, ichimlik va xo„jalik suvi bilan ta‟minlash); 11. Ichimlik mineral suvi quyuvchi korxonalarni mineral suv bilan ta‟minlash kabi maqsadlari; 12. Dam olish maskanlarini ichimlik va shifobaxsh mineral suv, cho„milish hovuzlarini suv bilan ta‟minlash maqsadlari; 13. Fizkultura va sport hovuzlarini cho„milish va yuvinish, suzish, eshkak tortish turli sport musobaqalarini o„tkazish uchun zarur bo„lgan suv bilan ta‟minlash maqsadlari; 14. Sport, barcha ijtimoiy, texnik va iqtisodiy soxalar ishtirokchilari. Manbaning u yoki bu foydali xossa va xususiyatidan amalda foydalanuvchi xalq xo„jaligi tarmog„i suv xo„jaligi majmuasi qatnashuvchisi (SXMQ) deyiladi. Xar bir SXM quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: - SXM qatnashchilarini suvga bo„lgan talablarini miqdoriy va sifat jihatdan ratsional tarzda ta‟minlash; - Tabiiy sharoitni yomonlashishiga yo„l qo„ymaslik va suv xavzalari va oqimlarni ifloslanmasligiga kafillik berish; - SXM bo„yicha ekspluatatsiyaning samaradorligini oshirishni ta‟minlash - Barcha suv xo„jaligi birlashlamalarida (to„g„on, GES, nasos qurilmalar, kanallar va x.o.) oddiy va shu vaqtni o„zida eng ishonchli ekspluatatsiya tizimini tashkil etish va ko„p yil xizmat qilishini ta‟minlash. SXMni tashkil etishda xar bir daryo xavzasi yagona suv xo„jaligi tizimi deb qabul qilinadi, va barcha elementalari (daryo, ko„l, er osti suvlari) bir-biri bilan aloqador va gidrologik muvozanatda turadi. Shunday qilib, SXM ilmiy asoslangan uzoq muddatli bashoratlar, suv resurslarini atrof-muxitga salbiy ta‟siri qilmasdan, uni miqdor va sifat jixatdan barcha 34 suv xo„jaligi majmuasi qatnashchilariga etkazish va boshqarish asoslariga tayanib yuritiladigan mukammal suv xo„jaligi tizimidir. Bunda SXM ga quyidagi talablar keltiriladi: 1) barcha suv iste‟molchilari va suvdan foydalanuvchilarini vaqt va makon bo„ylab etarli miqdorda va sifat darajasidagi suv bilan ta‟minlash; 2) tabiiy sharoit va suv suv resurslarini ifloslanlanishdan saqlash; 3) SXM doirasida iqtisodiy samaradorlikni ta‟minlash; 4) SXMning barcha texnologik tizimlarini sodda va ishonchli ishlashini kafolatlash. SXMning samarali yuritishi suv resurslaridan mukammal foydalanish va SXM qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatiga bog„liq. Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish (SRMFvaUMQ) tushunchasi fanda quyidagi vazifalari bo„yicha tavsiflanadi: 1) antropogen ta‟sirlarni e‟tiborga olib iqtisodiy hududlar va xavzalar suv resurslarini atroflicha batafsil o„rganish; 2) suvdan takroriy yoki doimiy foydalanishlar me‟yorlarini inobatga olib, barcha suv xo„jaligi soxalarini suvga bo„lgan talablari aniqlash; 3) suv iste‟molchilari va suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish samaradorligi va qo„shimcha talablariga baho berish; 4) suv tanqisligi mavjud hududlarda suv xo„jaligi balansini ishlab chiqish; 5) tabiiy suv resurslarini degredatsiya va ifloslanishdan saqlash tadbirlari, sanoat, kommunal va qishloq xo„jaliklarida foydalanilgan oqava suv oqimlarini zararsizlantirish va tozalash bo„yicha talablar belgilash; 6) suv xo„jaligi ob‟ektlari qurilishini moliyalashtirish xajmini aniqlash; 7) suv xo„jaligi bo„yicha yirik tadbirlar o„tkazilgan mintaqalarda tabiiy o„zgarishlar kechishini baxolash ya‟ni ekologik bashoratlarni ishlab chiqish; 8) ilmiy-tadqiqotlar ishlari xajmini va ularning bajaruvchilari sonini asoslash. Ko„rinib turibdiki, suv xo„jaligi tizimni yuritishda keltirilgan vazifalar chambarchas bog„liq – va uning asosiy bo„g„ini SXMdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling