Suv resurslarini boshqarish


 Suv xo„jaligi majmuasini tashkil etish zaruriyati va uni anglash


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
srmf

 
5.4. Suv xo„jaligi majmuasini tashkil etish zaruriyati va uni anglash 
Yaqin kunlargacha daryo suvlari imkoniyati xamma suvdan foydalanuvchilar 
talablariga qondirish uchun etarli edi. Lekin, suvga bo„lgan talabning ortishi va suv 
sifatini yomonlashuvi suv resurslarini taqchilligiga ta‟sir etdi.
Suv resurslaridan katta mikdorda va mikyosda foydalanish tabiatdagi va xalq 
xo„jaligi tizimidagi mavjud bog„lanishlarni g„zgarishiga olib keladi (bunda ijobiy 


31 
samaradorlik bilan birga salbiy oqibatlarni vujudga kelishi ham mumkin). Butun suv 
xo„jaligi tizimini yagona majmua deb qarab, mavjud tabiiy sharoitlarning extimoliy 
o„zgarishlarini xisobga olib xalq xo„jaligining turli tarmoqlarida suvning miqdoriga 
va sifatiga bo„lgan talablarini uzoq muddatli bashoratlash asosida uni loyixalangan 
takdirda bo„ladigan salbiy okibatlarni sezilarsiz darajada bo„lishini ta‟minlash 
mumkin. Cuv xo„jaligi tizimini boshqarishni tashkillashtirishni suv xo„jalik 
majmuasini (SXM) barpo qilish asosida amalga oshirish zarur. Suv xo„jaligi 
majmuasini tashkil etilishi suv muammolarini yumshatish, turli masshtabdagi va 
tuzilmadagi suv xo„jaligi bo„linmalarini birlashishiga xizmat qiladi.
SXM aloxida tarmoq uchun emas balki xalk xo„jaligi uchun umuman eng katta 
iqtisodiy samaradorlikni ta‟minlab, uni atrof-muxitga salbiy ta‟siriga yo„l qo„ymasligi 
kerak.
SXM - mavjud suv resurslari bilan barcha xalq xo„jalik tarmoqlarini suvga 
bo„lgan talabini optimal ravishda qanoatlantirish imkoniyatini beruvchi, suv va suv 
bilan bog„liq tabiat resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshiruvchi tadbirlar va 
inshoatlar majmuasidir. 
Suv ob‟ektlarining foydali xossa va xususiyatlarini 6 guruxga bo„lishimiz 
mumkin, bular: 
1) Suv – oddiy suv sifatida, xayot manbai bo„lib, insonlarning turli talablarini 
qondirishda (chanqoq, maishiy extiyoj, sug„orish ishlari) ishlatiladi. 
2) Suv - energiya manbai. Xarakatdagi suv ma‟lum gidravlik (oqim) quvvatiga ega, 
elektr quvvatiga aylantiriladi yoki mexanik ishlarni bajarishda foydalaniladi. Yer 
osti suvlari esa ma‟lum miqdorda issiqlik quvvatiga ega. Oddiy holda har 100 m 
chuqurlikda harorat 3 S ga oshishi aniqlangan. Bu tartib magma o„choqlari yer 
yuziga yaqin joylashgan maydonlarda buziladi. 
3) Suv manbai - suv akvatoriyasini bir bo„lagi sifatida baliqchilik, suv transporti, suv 
sporti, dam olish maskani. 
4) Suv manbalari - kishilarni sog„lomlashtirish, davolash, dam olish vositasi. 


32 
5) Suv – bu ashyo va ishlab chiqarish vositasi. Ma‟lumki, oziq-ovqat va boshqa ko„p 
turdagi sanoatda suv boshqa ashyolar bilan bir qatorda mahsulot ishlab 
chiqarishda bevosita yoki bilvosita ashyo yoki ishlab chiqarish vositasi 
6) Suv – ashyo manbai. Suv tabiatdagi murakkab kimyoviy yeritma bo„lib, uning 
tarkibiga mavjud kimyoviy elementlarning deyarli barchasi (tuz, brom, yod va 
xkz.) kirishi mumkin.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling