Suv resurslarini boshqarish


SXMni miqyos bo„ylab tarqalishi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
srmf

SXMni miqyos bo„ylab tarqalishi 
Amalda SXM inshootlar turlari va qatnashchilari xususiyati bo„yicha 
tasniflanadi. 
Miqyos bo„ylab SXM quyidagi guruxlarga ajratiladi 
- global (Davlatlararo), 
- davlat, 
- mintaqaviy, 
- xavza, 
- xavzaning ayrim qismlari. 
Global miqyosda. Bunga chegaraviy daryo va bir nechta davlatlar bo„ylab 
o„tgan tranzit daryolar kiradi. Bularga masalan, Sirdaryo va Amudaryo (Markaziy 
Osiyo), Amur (Rossiya va Xitoy), Pripyat (Belorussiya va Ukraina), Dunay (bir 
nechta davlatlar) kabi suv havzalari kiradi. 
Davlat miqyosidagi SXM – yaxlit suv xo„jaligi tizimi (YASXT)ga 
tenglashtiriladi. Bunday tizimning yagona belgisi bu davlatlarning iftisodiy 
rivojlanishning uzoq muddatli bashorati asosida suv xo„jaligi muammolarini echishga 
yo„naltirilganligidir. Bunda suvga bo„lgan talabga javob berishda qo„shimcha, olisda 
joylashgan suv resurslardan foydalanish ham qo„l keladi.


37 
Mintaqaviy miqyosidagi SXM – tuman suv xo„jaligi muammolarini xal 
etuvchi mintaqa suv xo„jaligi tizimi. Asosiy maqsad – mintaqada suv resurslaridan 
samarali foydalangan xolda iqtisodiy ko„rsatkichlarini oshirish.
Bunday SXMlarga misol tariqasida – Volga, Dnepr, Don, Irtish, Markaziy 
Osiyo daryolari kabilarni keltirish mumkin, ya‟ni bunda bir nechta iqtisodiy 
mintaqalar yaqin bo„lgan daryoning suv resurslaridan umumiy maqsadlarda 
foydalaniladilar. Bunda daryolarning suv resurslaridan foylanishning mintaqaviy 
rejalari asos bo„lib xizmat qiladi. Xozirgacha ko„plab tashkil etilgan SXMlar 
ko„rsatadiki davlat ishlab chiqarish kuchi rivojlanishi bilan suv resurslaridan 
foydalanishga bo„lgan talab oshishi kuzatiladi.
Xavza miqyosidagi SXM – bu suv resurslaridan kompleks foydalanishga 
mo„ljallangan bitta xavzaning SXMsi xisoblanadi. U ko„pincha melioratsiya va 
gidroenergetika maqsadlarida tashkil etiladi.
Yirik daryolar xavzalarida 15-20 yilga mo„ljallangan istiqbolli “Suv va yer 
resurslaridan foydalanishning kompleks rejasi” (SERFKR) tuzilgan. Unda tumanning 
suv xo„jaligini rivoji va ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoitining jixatlari to„liq 
keltiriladi. Rejada undan tashqari, butun xo„jalikning rivojiga bag„ishlangan chora-
tabdirlar asosli ravishda ishlab chiqiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling