Suv resurslarini boshqarish
Suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo„yicha maxalliy xokimiyat organlari vakolatlari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo„yicha maxalliy xokimiyat organlari vakolatlari
5.5-jadval Ijro etuvchi Nazoratga oluvchi Tartibga soluvchi - O„z xudidida suv resurslaridan foydalanish va muxofaza qilishning asosiy yo„nalishlarini aniqlash; - suv resurslaridan foydalanish va asrash tadbirlarini o„tkazish suv ob‟ektlarini sharoitini yaxshilash; suvdan foydalanish va asrash ishlarini qonuniy tartibda yuritilish Suv nazorati zonalarida tashkilotlar qurilishi, loyixalashtirilishi va joylashtirilishi ishlarini kelishish Suv resurslarini xisobini yuritish va baxolash, suv ob‟ektlarining sharoitini yaxshilash va saqlash tadbirlari, suvga yomon ta‟sir etuvchi va ifloslantiruvchi ta‟sir kuchlarni oldini olish va barxam berish, avariya, sel, toshqinlar va tabiiy Belgilangan limitga va tartibga rioya etib, suvdan foydalanish va asrash ishlarini nazorati, suvdan foydalanuvchilarning o„z xuxudida suv xisobini yuritish Suv bilan ta‟minlovchi tashkilot ruxsati bilan suvdan foydalanish xo„jaliklararo rejalar joylardagi tegishli idoralar va QSXV vakillari tomoni bilan kelishilgan xolda ofatlar sababli zarar etgan ob‟ektlarni qayta ta‟mirlash; Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishni o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish tadbirlari olib borish, amalga oshiriladi Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishlarini o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish Xavza miqyosi darajasida tizimlaridan suvlaridan foydalanish rejalari va tegishli xudud bo„yicha QSXV organlari tomonidan tasdiqlanadi Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishni o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda ma‟lumotlar bilan ta‟minlash Qutqaruv ishlarini amalga oshirishda mablag„ etarli bo„lmagan xolatlarda Tojikiston Respublikasi Xukumatiga yordam so„rab murojat qilinadi Aholini va xududni ximoya etishda o„tkaziladigan tadbirlarga moddiy yordam ko„rsatish Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish va barxam berishga mo„ljallangan moddiy zaxira yaratish Favqulotlar vaziyatlar tashkilotlarini barqaror faoliyat yuritishlarida ko„maklashish Yuqorida keltirilgan jadvalda ko„rinib turganidek, suv resurslarini xavza boshqarmasi yaxshi shakllangan tuzilma bo„lib, irrigatsiya tizimlari boshqarmalaridan boshlab (to„liq davlat tasarrufida bo„lgan) xamma ma‟lumotlar yuqori darajada joylashgan tizimga yuboriladi va u yerda ma‟lumotlar ko„rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va undan keyin quyi darajadagi tizimlarga ijro uchun jo„natiladi. 2009 yildan boshlab birinchi marotaba Vazirlar Maxkamasida bo„lganidek, viloyat va tuman quyi va o„rta darajadagi xokimiyatlarda “Suv resurslaridan ratsional foydalanish va uni xisobi bo„yicha kengash” deb nomlangan analitik markazlar tashkil etilgan. Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi kengash etachki mutaxassislar, tajribali ishlab chiqaruvchilar va ish yurituvchilardan tashkil topib, Bosh vazir o„rinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi. Kengash sharoitlardan kelib chiqib suv resurslarini boshqarish masalalarini doimiy ko„rib chiqib, takliflar ishlab chiqaradi. Kengash maxsus tuzilgan jamg„arma xisobidan a‟zolarni joylarga maslaxat ishlarini bajarish uchun yuborishi mumkin. A‟zolar joylarda birlamchi maslaxatlar va ko„rsatmalar berishlari mumkin. Shunday bo„lsada, xodimlarning moddiy va ma‟naviy qiziqishlar oshirish va quyi va o„rta darajalarda suvdan foydalanuvchilarga etkaziladigan ma‟lumotlarni olish va taxlil etish mexanizmini takomillashtirishga extiyoj katta. 2009 yilning tajribasi shuni ko„rsatadiki, kengashning tashkil etilishi bu yaxshi mexanizm xisoblandi. Xavza darajasida ham bunday kengashlarni tashkil etish yuqori samara bersa kerak. Suv resurslarini birgalikda, xamkorlikda boshqarish (Davlat va suvdan foydalanuvchilar institutlari) QSXVga ayniqsa, quyi qismlarda suvni taqsimlash va suvdan foydalanishni operativ rejalashtirish ishlari bo„yicha bosim kuchini kamaytirgan bo„lardi. Bundan tashqari, suv resurslarini boshqarish va atrof-muxit muxofazasida qonun chiqaruvchi bazalarni takomillashtirish extiyoji mavjud. Chunki, ma‟lum bir sharoitlarga qaratilgan shunday qonun xujjatlari borki, ular yoki bir-birini takrorlaydi yoki bir-birini inkor etadi. Ba‟zi bir qonunlar o„ta mukammal bo„lgan qo„shimcha va o„zgartirishlarga ega bo„lib, bir nechta boshqa manbalarga yo„llanma berib qiyinchiliklar tug„diradi. 29 Xavzada atrof-muxitni ifloslovchi manbalarni nazorat qilish tizimi mavjud. Ammo soxaning zamonaviy yutuqlarini e‟tiborga olgan xolda, tizimni yanada takomillashtirish talab etiladi. Tizimda qaltis vaziyatlar ya‟ni tavakkalchiliklarni baholash tajribasi etarli emas. Bunday xolat ham ichki ham transchegaraviy suvlar ifloslanishini oldini olish, tezkor qarorlar va echimlar ishlab chiqish vazifalarini amalga oshishini cheklaydi. Suv resurslarini ifloslanishini nazorat qilish va boshqarish tizimi, chiqindilar chiqarishda maksimal ruxsat etilgan ko„rsatgich (PDS)ga va unga rioya etilishini nazorat qilishga asoslangan. Moddiy-texnik va moliyaviy bazaning, hamda xodimlarning saviyasi etarlimasligi aytib o„tilgan ishlarni samaradorligiga salbiy ta‟sir qilmoqda. Suv xavzalarining ekologik xolatini e‟tiborga olib, chiqindilarni cheklash tizimlarini va mexanizmlarini yaxshilashga extiyoj mavjud. Atrof-muxitga salbiy ta‟sirlarni baxolashda uslubiy tasnifga ega qiyinchiliklar mavjud. Sug„orma dehqonchilikda suv sifati tartibga solinmaydi va suv resurslarini tanqisligi sababli suv sifati e‟tibordan chetda qoladi, lekin unga tegishli bo„lgan me‟yoriy xujjatlar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o„tish davrida yer usti suvlarini sifatini boshqarish iqtisodiy mexanizmini qo„llash, masalan, atrof-muxitga tushayotgan zararlar va ifloslanishlar xajmlarni kvotalash tamoyillarini kiritish, ifloslanishlarni me‟yorlashtirish yondashuvlarini takomillashtirishni talab etadi. O„zbekiston sharoitida ekstensiv baliqchilik xo„jaligi noratsional baliq ovlashga oid noratsional ish yuritish turlaridan xisoblanadi. Ba‟zi xavzalarning baliq maxsulotlarini maxsuldorligi baxolanganda (suv ob‟ekti maydoniga tutilgan baliq maxsulotlari miqdorini bo„lish orqali) ular past ko„rsatgich berdi ya‟ni (1-10 kg/ga). Irrigatsiya maqsadida foydalanilmaydigan ko„l tizimlarida xar xil turda tashkiliy va biomeliorativ tadbirlar o„tkazilishi bioxilma-xilligini va meliorativ xolatini yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur ekotizimlarda degradatsiyaga olib kelinmasligi va bio xilma-xillikni kamaytirmasligi uchun etarli xajmdagi yer usti suv oqimi 30 mavjud emas. Vaqt bo„ylab suv satxini o„zgarishi xam (aprel-may oylarida) ba‟zi bir turdagi baliqlarning talablari bilan mos kelmaydi. O„zbekiston va Qozog„istonda suv resurslaridan mukammal foydalanish doirasida suv munosabatlari va tabiatni muxofaza qilish masalalari ko„zda tutilib halqaro konfensiyalarga qo„shilish va maxalliy xuquqiy bazalar va Milliy stragetiyalar ishlab chiqish bo„yicha katta ishlar qilindi. Respublikada suv resurslarini boshqarish va atrof-muxitni muxofaza qilish masalalari bo„yicha huquqiy-me‟yoriy baza, qonuniyatlar tizimi va munosabatlarni tartibga solish qonunlari yaratildi. Huquqiy-me‟yoriy baza mintaqada eng ilg„orlaridan biri xisoblanadi, va bu Orol dengizi xavzasining rivojlanish davrida katta axamiyat kasb etadi. Mintaqada tezkor kechayotgan o„zgarishlar xisobga olinib yangi siyosiy, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy masalalari huquqiy-me‟yoriy bazani yanada takomillashtirish zarur bo„ladi. Umuman, Respublikada suv kodeksini qabul qilish, xar xil qonun osti rasmiy xujjatlarni kamaytirish, oldin qabul qilingan qarorlarga o„zgartirishlar kiritish va huquqiy-me‟yoriy bazani samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadga muvofiq. Suv resurslarini birgalikda boshqarish strukturasini yaratish (Davlat va suvdan foydalanuvchilar institutlari) QSXVga ayniqsa, quyi qismlarda suvni taqsimlash va suvdan foydalanishni operativ rejalashtirish, suv tejash texnologiyalarini tadbiq qilish, ma‟lumotlar etkazish ishlari bo„yicha bosim kuchini kamaytirgan bo„lardi,. O„zbekistonda keng miqyosda olib borilayotgan isloxotlar, shu jumladan qishloq va suv sektorlarida ijtimoiy va siyosiy xaoslar keltirib chiqarmaslik uchun bosqichma-bosqich samarali mexanizmlarni tayyorlagan xolda olib borish. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling